Davlat buyurtmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Davlat buyurtmasi - davlat talabi bilan (shartnoma yoki kelishuv asosida) korxona, tashkilot, xoʻjaliklarga muayyan mahsulot turini belgilangan muddatlarda i.ch. va yetkazib berish, davlat ehtiyojlari uchun tegishli xizmatlar koʻrsatish, shuningdek, i.ch., noishlab chiqarish va i.t. ishlarini bajarish va b.; iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish (tartiblash) vositalaridan biri. D.b. asosan umumdavlat va ijtimoiy vazifalarni hal etish, ilmiytexnikaviy dasturlarni bajarish, mamlakat mudo-faasini mustahkamlash va iqtisodiy mustaqillikni taʼminlash, ijtimoiy i.ch.ni rivojlantiruvchi eng muhim i.t.lar va ilmiy ishlanmalarni amalga oshirish, q.x. mahsulotlari yetkazib berish, davlatning markazlashgan mablagʻlari hisobidan i.ch. va ijtimoiy sohalar uchun yangi quvvatlar, obʼyektlar yaratish va b. maqsadlarda beriladi. D.b. davlat organlari (tashkilotlari) tomonidan tanlov (tender) asosida joylashtiriladi. Uni bajarish maxsus shartnoma bilan kelishiladi va birinchi navbatda ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish moʻljallanadi. D.b.ni bajarish korxonalarga muayyan imtiyozlar yaratadi, davlat xom ashyo taʼminoti, ish oʻrinlari va mahsulot sotilishini kafolatlaydi. Davlat korxonaga zarur moddiy resurslarni buyurtmachi sifatida yetkazib beradi va korxo-nadan mahsulotni kelishilgan narxlarda harid qiladi. Mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga oʻtishi bilan D.b. ning hissasi keskin kamayib boradi. Ammo baʼzi doiralar (mas, mudofaa, fan, sogʻliqni saqlash, bolalar isteʼmoli mollari i.ch. va b.)da D.b. saqlanib qoladi. Mac, hozirgi Oʻzbekistonda q.x. ekinlaridan faqat paxta va don uchun (1996 y.dan xoʻjaliklarda yetishtirilgan paxta tolasi va don boʻyicha 50% darajasida) D.b. saqlanib qolgan.

Erlis Aliqulov.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil