Lloyd Austin
Lloyd Jeyms Ostin III (inglizcha: Lloyd James Austin III 1953-avgust 8-yil 1953-yilning 8-avgustida AQShning Alabama shtatida dunyoga kelgan amerikalik davlat arbobi va harbiy yetakchisi, AQSh armiyasi generali, 2013-2016-yillarda — AQSh Markaziy qoʻmondonligi rahbari. 2020-yil 7-dekabrda Ostinning Jo Bayden kabinetida AQSh mudofaa vaziri lavozimiga tayinlanishi eʼlon qilingan. 2021-yil 22-yanvarda u AQSh Senati tomonidan AQSh Mudofaa vaziri lavozimiga tasdiqlangan.
Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Lloyd Jeyms Ostin III 1953-yil 8-avgustda Alabama shtatining Mobile shahrida dunyoga kelgan. Lloyd Ostin Jorjiyada voyaga yetgan. U 1975-yil iyun oyida Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy Akademiyasini (Vest Point) bakalavr darajasi bilan tamomlagan. Shu bilan birgalikda Ostin Auburn universitetida taʼlim boʻyicha magistr darajasini va Webster universitetida biznes boshqaruvi boʻyicha magistr darajasini olgan.

AQSh armiyasi qoʻmondonligi va bosh shtabi kolleji va AQSh armiyasi harbiy kollejini tagatgan.
Vest-Poyntni tugatgandan soʻng, Ostin leytenant unvonini olgan. Va shundan keyin unga yuklatilgan ilk vazifa Germaniyadagi 3-(mexanizatsiyalashgan) piyodalar diviziyasida boʻlib, u yerda 1-batalyon miltiq otryadi komandiri, 7-piyoda polkida va razvedka rotasi komandiri lavozimida faoliyat yuritgan. Ilgʻor piyoda ofitserlar tayyorlashni tugatgandan soʻng, u Shimoliy Karolina shtatidagi Fort Bragg shahridagi 82-havo-desant diviziyasiga joʻnatilgan, u yerda 2-batalyon (havo-desant) jangovar yordam kompaniyasi 508-piyoda polkiga qoʻmondonlik qilgan va komandir yordamchisi boʻlib faoliyat yuritgan.
Keyinchalik u 1- brigada, 10-togʻ diviziyasi qoʻmondoni etib tayinlangan, keyinroq Nyu-Yorkdagi Fort Drumda diviziyaning rejalashtiruvchisi, oʻqitish, safarbarlik va xavfsizlik boʻyicha ofitseri etib tayinlandi.

2006-yil 8-dekabrda Ostin general- leytenant lavozimiga koʻtarildi va Shimoliy Karolina shtatidagi Fort Bragg 18-havo desant korpusiga qoʻmondonlikni qabul qilib olgan.
2009-yil avgust oyida Ostin Birlashgan shtab boshliqlari qoʻmitasi direktori (rais yordamchisi) etib tayinlangan.
2012-yil yanvar oyida Ostin AQSh armiyasi shtab boshligʻining oʻrinbosari boʻlgan[1].
2013-yil mart oyida Ostin Amerika Qoʻshma Shtatlari Markaziy qoʻmondonligining qoʻmondoni etib tayinlangan[2][3].
U bu lavozimda 2016-yilning mart oyiga qadar faoliyat yuritgan hamda undan keyin Qurolli Kuchlar safidan nafaqaga chiqqan[4].
Isteʼfoga chiqqanidan soʻng, u Raytheon Technologies boshqaruv kengashi aʼzosi boʻldi[5].
Amerika Qoʻshma Shtatlari Mudofaa vaziri[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 7-dekabrda Ostin Baydenning boʻlajak kabinetida Mudofaa vaziri boʻlishi eʼlon qilindi. Hamda 2021-yil 22-yanvarga kelib, AQSh Senati ushbu nomzodni aynan shu lavozimga tasdiqladi.
Sovrinlar va mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mudofaa vazirligining „Buyuk xizmatlari uchun“ medali
AQSh armiyasining xizmatlari uchun medali
General Lloyd Ostin, 2021-yil. Silver Star (AQSh)
„Buyuk xizmatlari uchun“ medali (AQSh)
Faxriy legion ordeni
„Buyuk xizmatlari uchun“ medali (AQSh)
Maqtovli xizmat medali (AQSh)
„Buyuk xizmatlari uchun“ medali
Armiya xizmatlari uchun medali
Armiya yutuqlari medali
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Austin sworn in as vice chief of staff“ (12-mart 2013-yil). 8-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-dekabr 2020-yil.
- ↑ „General Lloyd J. Austin III Retires“. Black Engineer.com (11-aprel 2016-yil). 4-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-may 2016-yil.
- ↑ „Looking back for the way ahead: An interview with Retired Gen. Lloyd Austin“ (en) (2-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 21-dekabr 2020-yil.
- ↑ Callahan, Guv „A Soldier's Soldier“ (8-aprel 2016-yil). 7-may 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-may 2016-yil.
- ↑ Lipton, Eric. „Biden's Choice for Pentagon Faces Questions on Ties to Contractors“ (en). The New York Times (9-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 21-dekabr 2020-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „Lieutenant General Lloyd J. Austin III , Commanding General XVIII Airborne Corps and Fort Bragg“. CENTCOM. 11-oktyabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- „Lieutenant General Lloyd J. Austin III, Commanding General Multinational Corps-Iraq“. Leaders. Multinational Corps-Iraq (7-oktyabr 2008-yil). 21-oktyabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-oktyabr 2008-yil.
- „Biden marks transfer of U.S. command in Iraq“. Leaders. Multinational Corps-Iraq (1-sentyabr 2010-yil). 26-may 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-oktyabr 2010-yil.