Lizzie Arnot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lizzie Arnot
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Elizabeth Jane Arnot
Tavallud sanasi 1-mart 1996-yil (1996-03-01) (28 yosh)
Tavallud joyi Edinburg, Shotlandiya Shotlandiya
Boʻyi 169 sm
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Rangers
Raqami 15

Elizabeth Arnot (1996-yil 1-martda tugʻilgan), Lizzie Arnot nomi bilan tanilgan shotlandiyalik futbolchi, «Reynjers» klubi va Shotlandiya terma jamoasi uchun toʻp tepadi.

Klubdagi karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arnot 2012-yil yanvar oyida Hibernian ayollar jamoasiga qoʻshilishdan oldin Shotlandiyaning Edinburg City va Xatchinson Vale klublarida oʻynagan[1].

Hibernianda oʻynab, tizzasining xochsimon boylamlaridan jiddiy jarohat oldi, shu sababli u bir yilga yaqin futbol oʻynay olmadi va boshqa musobaqalar qatori Yevro-2017ni ham oʻtkazib yubordi[2]. 2018-yilning may oyida jarohatidan tuzalib, yana terma jamoadan chaqiruv oldi[3]. Terma jamoaga chaqiruv arafasida u Xiblar uchun kubok oʻyinida beshta gol urdi.

Arnot Angliya«Manchester Yunayted» tarkibida

2018-yil iyun oyida BBC veb-sayti Arnotning Hibernianni tark etmoqchi ekanligi haqida xabar tarqtishdi[4]. 2018-yil 27-iyun kuni Hibernian rasmiy veb-sayti Lizzie Arnot va Kirsty Smithning klubni tark etishini tasdiqladi. SHundan soʻng ikkalasi ham 2018/19-yilgi mavsum boshlanishidan oldin tuzilgan Angliyaning «Manchester United» klubining ayollar jamoasining futbolchisiga aylanishdi. 2018-yilning 19-avgust kuni Arnot «Manchester United»ning «Liverpul» ayollar jamoasiga qarshi birinchi rasmiy oʻyinida ilk golini kiritdi[5].

2020-yil 31-iyulda u Shotlandiya ayollar Premer-ligasining «Reynjers» klubiga oʻtdi[6].

Terma jamoadagi karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yil 17-sentabrda u Shotlandiyaning asosiy jamoasida debyut qildi va ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushdi. Shuningdek, u Shotlandiyaning 15 yoshgacha, 17 yoshgacha va 19 yoshgacha boʻlgan ayollar futbol jamoalarida oʻynagan.

Xalqaro maydondagi gollar
Raqam Sana Joy Raqib Hisob Natija Turnir Mnb.
1 4 March 2019 Parchal, Portugaliya Islandiya 1–0 4–1 2019 Algarve kubogi
2 4–1
3 19-Fevral 2021-yil AEK Arena, Misr Kipr 6–0 10–0 UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro 2022 saralash]] [7]

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubdagi yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shotlandiya«Hibernian»[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Shotlandiya ayollar kubogi 2016-yil[8]
  • Shotlandiya ayollar premer liga kubogi 2016, 2018-yillar[9]

Angliya «Manchester United»[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • FA Ayollar chempionati 2018/2019-yillar

Shaxsiy yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Shotlandiya ayollar Premer-ligasining oltin butsasi: 2020/21-yillar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]