Lizing shartnomasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lizing shartnomasi - moliya ijarasiga oid shartnoma. Lizing shartnomasi boʻyicha lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) 1 taraf lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) 2-taraf topshirigiga binoan ishlab chikaruvchi (sotuvchi) 3-taraf bilan undan oʻz mablagʻi hisobiga lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish haqida kelishish majburiyatini; lizing oluvchi esa buning uchun lizing beruvchiga lizing toʻlovini toʻlash majburiyatini oladi. Lizing obʼyekti va subʼyektlari, lizing toʻlovi, lizing beruvchi va lizing oluvchining majburiyatlari, ularning hamda ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)ning javobgarligiga oid qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining FK va Oʻzbekiston Respublikasining "Lizing toʻgʻrisida"gi qonuni (1999-yil 14-aprel) da belgilangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil