Kontent qismiga oʻtish

Lizimetr

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Lizimetr (liz... va yun. metreo — oʻlchayman) — tabiiy sharoitga yaqin muhitda tuproqdan suv sizib oʻtganda sodir boʻladigan jarayonlarni oʻrganishga moʻljallangan qurilma. Hozirgi vaqtda lizimetrdan tuproq genezisi va hosildorligini oʻrganishda, xususan, tuproqdan mineral hamda organik moddalarning chiqib ketishi (masalan, yuvilishi)ni aniqlashda keng foydalaniladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil