Lixtenburg konslageri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lixtenburg konslageri (nemischa: KZ Lichtenburg) Germaniyaning Saksoniya-Anhalt shtatidagi konslager, Prettin shahridan 11 km uzoqlikda joylashgan. 1933-yildan 1939-yilgacha mavjud boʻlgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1933-yilda Germaniyada natsistlar hokimiyatga kelishi bilan Germaniyadagi birinchi konslagerlardan biri bo‘lib xizmat qilgan. XVI asrda qurilgan sobiq Antonian monastiri o‘rnida tashkil etilgan. Ilgari, 1816-yildan 1928-yilgacha bu binoda qattiq rejimli koloniya joylashgan boʻlib, binolarning eskirganligi sababli koloniya tugatilgan. 1933-yil iyun oyida lagerga birinchi mahbuslar keltirilgan: kommunistlar, siganlar, vagrantlar va gomoseksuallar. Lager dastlab 1000 kishiga moʻljallangan boʻlsa, keyinchalik mahbuslarning soni 2000 kishiga yetdi.1934-yilda „Uzoq pichoqlar kechasi“dan soʻng lagerga 60 nafar mahbus keltirildi. Lagerda mahbuslarga shafqatsiz munosabatda boʻlingan, jumladan, kaltaklash, ommaviy jazolash, jazo kamerasi qoʻllanilgan. Lixtenburgda qoʻllanilgan koʻplab usullar boshqa konslagerlarda jazo choralari bo‘lib xizmat qilgan.

1937-yilda konslager mahbuslari Uchinchi Reyxda qurilgan yirik konslagerlarga koʻchirildi: Dachau, Buxenvald, Zaksenxauzenga. Lagerning oʻzi 1937-yil dekabr oyidan boshlab ayollarni: lesbiyanlarni, sektarlarni va antisosial qatlamlarni saqlash uchun ishlatila boshlandi.

1939-yil may oyida konslager nihoyat yopildi. Binoda SS qoʻshinlarining omborini qoʻriqlagan Totenkopf diviziyasining piyoda bataloni joylashdi. Lagerdan urush oxirigacha konslagerlar markaziy inspeksiyasi ham foydalangan. Unga 65 mahbus xizmat qilgan.

Tibbiy maʼlumotlar saqlanadigam arxivlardan olingan dalillarga koʻra, lagerda 150 nafar mahbus ayol halok boʻlgan.

1990-yillarda Saksoniya-Anhalt hukumati lagerni xususiy mulkka berishni rejalashtirgan, ammo jamoatchilik bosimi ostida ular bu niyatidan voz kechib, hududda „Xalq xotirasi va qaygʻu maskani“ni yaratgan.

Mashhur mahbuslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lagerda turli yillarda asir sifatida saqlangan[1]:

  • Benario-Prestes, Olga[2]
  • Langhoff, Volfgang[3]
  • Ebert, Fridrix (kichik)[4]
  • Leuschner, Vilgelm
  • Noybauer, Teodor
  • Valter Stekker

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Europe > Germany > Lichtenburg Concentration Camp Memorial Museum — in detail“ (de). Holocaust Memorials. 2017-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-noyabr.
  2. Rochelle G. Saidel. „Olga Benário Prestes“ (en). Andoza:Не переведено 4. 2017-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-noyabr.
  3. „Langhoff, Wolfgang“ (de). Andoza:Не переведено 4. 2017-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-noyabr.
  4. „Ebert, Friedrich junior“ (de). Die politischen Häftlinge des Konzentrationslagers Oranienburg (Политические заключенные концентрационного лагеря Ораниенбург). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-noyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]