Liu Binbin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Liu Binbin
刘彬彬
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Liu Binbin
Tavallud sanasi 16-iyun 1993-yil (1993-06-16) (30 yosh)
Tavallud joyi Meixian, Guangdong, China
Boʻyi 1.77 m (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Yartimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Shandong Taishan
Raqami 21
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005—2011 Shandong Luneng
2010—2011FC Metz (Ijara)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011 Shandong Yoshlar 5 (1)
2012 Shandong Luneng 178 (20)
Milliy terma jamoa
2011—2013 Xitoy U-20 11 (3)
2013—2016 Xitoy U-23 9 (1)
2014 Xitoy 11 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(4-yanvar 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (29-mart 2022-yil uchun)

Liu Binbin (talaffuzi: Liu Binbin) (1993-yil 16-iyunda tugʻilgan) — xitoylik professional futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Shandong Taishan“ klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liu Binbin futbolchilik faoliyatini 2005-yilda Shandong Luneng yoshlar akademiyasiga qoʻshilganida boshlagan. U 2010-yilda yoshlar mashgʻulotlari uchun Xie Pengfei bilan birga Liga 2 FC Metz klubiga ijaraga berilgan. 2011-yilgi mavsumda Liu Shandunga qaytib kelgan va keyin Xitoyning ikkinchi liga vakili Shandong Youth jamoasiga yuborilgan. U 2011-yilning 3-iyulida „Shanghai Youth“ga qarshi oʻyinda (4:0) „Shandong Youth“ safidagi ilk golini kiritgan. Keyin Liu 2012-yilgi mavsumda Xenk ten Keyt tomonidan klubning asosiy jamoasiga chaqirilgan. U klubdagi debyutini 2012-yilning 10-martida Guizhou Renhga qarshi oʻyinda (2:1) oʻtkazgan

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liu birinchi marta 2010-yil iyun oyida Su Maozhen tomonidan Xitoyning 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan va 2010-yilgi Osiyo U-19 chempionatida 20 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasida oʻynagan. U 2011-yilda jamoaga sardorlik qilgan va 2011-yilda Tulon turnirida ishtirok etgan. Yan Olde Riekerink tomonidan 20 yoshgacha boʻlganlar jamoasiga chaqirilishda davom etgan. Liu 2012-yilgi U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichida uchta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urgan, Xitoy U 19 jamoasi 2012-yilgi U-19 Osiyo chempionatiga yoʻllanma olgan. Liu Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2014-yilning 13-dekabrida Qirgʻizistonga qarshi oʻyinda (4:0) oʻtkazgan. Ammo bu oʻyin FIFA tomonidan xalqaro „A“ oʻyini sifatida tan olinmagan. U rasmiy debyutini 2014-yilning 21-dekabrida Falastinga qarshi oʻyinda (0:0) oʻtkazgan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Kontinental Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
ShandongYouth 2011 Xitoy Ikkinchi ligasi 5 1 - - - 5 1
Shandong Luneng 2012 Xitoy Superligasi 11 0 0 0 - - 11 0
2013 13 1 1 0 - - 14 1
2014 29 5 7 2 4 1 - 40 8
2015 22 4 3 0 6 0 1 0 32 4
2016 20 3 1 1 10 0 - 31 4
2017 25 1 1 0 - - 26 1
2018 9 0 1 0 - - 10 0
2019 17 5 5 0 5 1 - 27 6
2020 13 1 3 0 - - 16 1
2021 19 0 0 0 - - 19 0
Jami 178 20 22 3 25 2 1 0 226 25
Karyerada jami 183 21 22 3 25 2 1 0 231 26

Xalqaro statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoa
Yil Oʻyin Gol
2014 1 0
2015 3 0
2016 0 0
2017 0 0
2018 0 0
2019 0 0
2020 0 0
2021 4 1
2022 3 0
Jami 11 1
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 11.06.2021 Sharja stadioni, Sharja Maldiv orollari Maldiv 1 — 0 5-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shandong Luneng

  • Xitoy Superligasi : 2021
  • Xitoy FA kubogi : 2014[1] 2020[2] 2021
  • Xitoy FA Superkubogi : 2015-yil

Shaxsiy yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Xitoy futbol assotsiatsiyasi yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2014-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „足协杯-麦克格文压哨绝杀 鲁能5-4舜天夺冠“. Sports.sina.com.cn (22-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 19-avgust 2019-yil.
  2. „足协杯-王彤惊天内切佩莱头球 鲁能2-0胜江苏夺冠“. sports.sina.com.cn (19-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 29-yanvar 2021-yil.