Kontent qismiga oʻtish

Litomyšl qal’asi

Litomyšl qal'asi

Litomyšldagi Uyg'onish davri saroyi
Joylashuv Litomyšl, Chexiya
Turi Qal'a
Qurila boshlagan 1568-yil
Qurilish tamomlangan XVIII asrda
Vebsayt zamek-litomysl.cz/en
Xarita
Koordinatalari 49°52′24.3762″N 16°18′45.5358″E / 49.873437833°N 16.312648833°E / 49.873437833; 16.312648833

Litomyšl qal’asi — Chexiya Respublikasidagi eng yirik Uygʻonish davri qal’alaridan biri. U Chexiya davlatining mulki hisoblanadi. Qal’a Litomyšl shahrining markazida joylashgan va 1999-yilda YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Litomyšl qal’asi me‘morchilikning ajoyib namunasidir[1], birinchi marta Italiyada ishlab chiqilgan va Chexiya yerlarida maxsus meʼmoriy sifatning rivojlangan shaklini yaratish uchun oʻzgartirilgan bino turi[2]. XVIII asrda bu qal’aga yuqori barokko xususiyatlari qoʻshilgan[3].

Litomyšl shahri XIII asrda Bogemiya va Moraviya oʻrtasidagi savdo yoʻlida rivojlangan. 1568-yilda qal’a qurilishi boshlandi, unga Jan Baptista Avostalis va uning ukasi Oldrix rahbarlik qildi[4]. 1580-yilga kelib, binoning katta qismi qurilgan. Qal’a 1567-yildan boshlab oilaning soʻnggi aʼzosi Frebonining 1646-yilda vafotigacha obroʻli Pernšteyn oilasining mulki boʻlib xizmat qilgan[5]. Mashhur chex bastakori Bedřich Smetana 1824-yilda qal’a yonidagi qo'shimcha binoda tugʻilgan.

XVIII asr oxirida qal’aning ichki qismi va maydonlari so'nggi barokko uslubida qayta ishlangan va bugungi kungacha saqlanib qolgan[6].

Qal’aning oʻzi uch qavatli boʻlib, assimetrik tarzda joylashtirilgan toʻrtta qanotga ega[7]. Eng kattasi gʻarbiy qanot boʻlsa, eng kichigi janubiy qanot boʻlib, kvadrat hovlini yopuvchi ikki qavatli arkadali galereyadir[8]. Sharqiy qanotda qal’a ibodatxonasi, gʻarbiy qanotda esa teatr joylashgan boʻlib, sahna bezaklari, texnika va auditoriya bugungi kungacha buzilmagan holda saqlanib qolgan[9].

Qal’aga qoʻshimcha ravishda, bir nechta yordamchi binolar, jumladan, kattaroq, tashqi hovlining janubida joylashgan va qal’ani toʻldirish uchun dastlab sgraffito bezaklari bilan yaratilgan alohida bino mavjud[10]. 1726-yilda yongʻindan soʻng, u mashhur barokko meʼmori František Maxmilián Kanka tomonidan qayta qurilgan[9]. Qal’a hududida inglizcha uslubdagi park va barokko paviloni ham mavjud[9].

  1. ↑ „Chateau and chateau complex in Litomyšl“. Czech Tourism. Qaraldi: 2017-yil 13-aprel.
  2. ↑ „Litomyšl Castle“ (en). UNESCO World Heritage. United Nations Educational, Scientific, and Cultural Organization. Qaraldi: 2017-yil 13-aprel.
  3. ↑ „Litomyšl Castle“. Národní Památkový Ústav. Qaraldi: 2017-yil 13-aprel.[sayt ishlamaydi]
  4. ↑ Manba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name.
  5. ↑ Manba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name.
  6. ↑ Manba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name.
  7. ↑ Manba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name.
  8. ↑ Manba xatosi: The opening <ref> tag is malformed or has a bad name.
  9. 1 2 3 „Litomyšl Castle“ (en). UNESCO World Heritage. United Nations Educational, Scientific, and Cultural Organization. Qaraldi: 2017-yil 13-aprel.
  10. ↑ Czech Republic (1998). Litomyšl Castle (Report). United Nations Educational, Scientific, and Cultural Institute. http://whc.unesco.org/uploads/nominations/901.pdf. Qaraldi: 6 Jun 2021.