Litogenez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Litogenez (lito... va genez) — choʻkindi togʻ jinslarining hosil boʻlishi va keyingi oʻzgarishidagi tabiiy jarayonlar majmui. L.ning asosiy omillari — tektonik harakatlar va iqlim. L. toʻgʻrisidagi ilk tushuncha 1893—94 yillarda nemis olimi I. Valter kl. L. siklida quyidagi 5 bosqichni ajratadilar: 1) yuza katlam gipergenezi — dastlabki tub togʻ jinsining fizik, kimyoviy jarayonlar taʼsirida parchalanishi, hosil boʻlishi va joydan joyga koʻchi-shi; 2) sedimentogenez — choʻkindilarning suv oqimi oxirgi manziliga yetib borishi va muqim choʻkishi; 3) diagenez — suvga toʻyingan choʻkindining fizik-kimyoviy muvozanatlashuvi, uning turgʻun holatdagi choʻkindi jinsga aylanishi bilan yakun topishi; 4) katagenez — chuqurlikka yotqizilgan choʻkindi jinsning temperatura va bosim ostida, ay-rim hollarda gaz va turli tuzlarga toʻyingan suv taʼsirida oʻzgarishi; 5) metagenez, metamorfizm — tobora chuqurroqda joylashayotgan choʻkindi jinslar tarkibining oʻzgarishi. N. M. Straxov L.ning gumid (sernam), muzlikli, arid (quruklik) va vulkano-gen — choʻkindili tiplari mavjud ekanligini 1956-yil isbotladi. Gumid L. sernam iqlimli rayonlarda quruqlik va dengizda; muzli L. — muzliklar bilan qoplangan materiklarda; aridlisi quruq iqlimli materik va dengizlarda; vulkanogen choʻkindilisi — choʻkindisi harakatda boʻlgan vulkan atrofiga xosdir.

Keyingi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar qad. geologik davrlarda gumid hamda arid iqlim L. mavjudligini koʻrsatadi. Masalan, Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo xududlarida tarqalgan yura va boʻr davrlari yotqiziqlari orasidagi koʻmir, boksit va kaolin giltoshlar gumid L.ning, mezozoy va kaynozoy eralarida hosil boʻlgan qalin ohaktosh osh tuzi, gips-angidrid va kizil tosh qatlamlari esa arid (quruq va issiq) L.ning yorqin dalilidir.

L. bilan koʻp foydali qazilma konlari [koʻmir, neft, tabiiy gaz, temir, marganets rudalari, boksit (alyuminiy), fosforit va boshqa] bogʻliq.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil