Listvenitlanish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Listvenitlanish - aksariyat oʻta asosli va qisman boshqa togʻ jinslarining gidrotermal elementlar taʼ-siridan oʻzgarishi. Natijada talk-karbonatli listvenitlashgan jinslar va listvenitlar hosil boʻladi. Jinslarda listvenitlarning boʻlishi u yerda oltin, kobalt, mis, simob kabi rudalar koni borligidan darak beradi. Oʻzbekistondagi baʼzi oltin konlarida L. jarayoni keng rivojlangan. Jan. Fargʻonadagi simob konlari listvenitlar bilan bogʻliq.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil