Lipizzan oti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lipizzan (lipizzan, lipizzaner) — chavandoz tomonidan miniladigan otlar zoti. Balandligi taxminan 147-157 santimetr, ular ochiq kul rangga ega. Ular harakatchan tanasi bilan murakkab harakatlarni oʻrganishi va bajarish qobiliyatiga ega.

Bu zot 1580-yildan boshlab Lipiza qishlogʻida koʻpaytirila boshlandi, shuning uchun u oʻz nomini ushbu qishloq nomidan olgan. Bu zot eski Vena ispan chavandozlari maktabi bilan chambarchas bogʻliq.

Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ularning yerdan baladligi 147-157 santimetr[1] ni tashkil qiladi, ba'zi otlar arava uchun moʻljallanganligi sababli ularning boʻyi 165 santimetrga yetadi[2].

Lipizzan otlari tekis yoki biroz qavis shaklidagi profilli uzun boshga ega. Jagʻi chuqur, quloqlari kichik, koʻzlari katta va ifodali, burun teshiklari harakatlanadi. Ularning qiyshiq qattiq boʻyni bor, past, mushakli va keng. Ularda orqa keng va chuqur, keng krup va mushak yelkalari bor. Oyoqlari mushakli va kuchli, keng boʻgʻinli[3].

Ularning voyaga yetishi va tayyorlanishi odatda sekin boʻladi, lekin boshqa zotlarga qaraganda uzoqroq faol hayot kechiradilar. Ispaniya chavandozlari maktabida yigirma yoshli otlar murakkab mashqlarni bajaradilar[2].

Rang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ona ot va qora toychogʻi

Lipizzanlarning aksariyati oq rangda, ba'zan dafna va qora ranglarda boʻladi. Boshqa kulrang otlar singari, ularning terisi qora, koʻzlari qora va moʻynasi oq. Ular toʻq rangda tugʻiladi va hayotning dastlabki 6-10 yilida asta-sekin kul rangga aylanadi. Ular koʻpincha notoʻgʻri ravishda oq otlar[1] deb tasniflanadi, ammo oq otlar och rangda tugʻiladi va terisi och rangdadir[4].

Ularda XVIII asrga qadar ranglar sezilarli darajada xilma-xil edi[1], lekin oq rang dominant gen[4] deb belgilanadi. Imperator oilasi oq rangni afzal koʻrgan va shuning uchun ot zotlari uni afzal korgan[5]. Biroq, ispan chavandozlari maktabida hech boʻlmaganda bitta qora aygʻirga ega boʻlish uchun qadimgi an'ana hali ham saqlanib qolgan[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Lipizzan Origins“. Lipizzan Association of North America. 2018-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 17-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 Edwards, The Encyclopedia of the Horse, p.111.
  3. Bongianni, Simon & Schuster’s Guide to Horses and Ponies, Entry 37.
  4. 4,0 4,1 „Introduction to Coat Color Genetics“. Veterinary Genetics Laboratory. University of California, Davis. 2017-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 19-sentyabr.
  5. „Lipizzaner“. Breeds of Livestock. Oklahoma State University. 2008-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 19-sentyabr.
  6. Swinney, Horse Breeds of the World, p.52.