Lint

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Lint (ing . lint), momiq — jinlangan (tolasi ajratilgan) chigitda krlgan kalta tola. Oʻrta tolali gʻoʻza chigitida (seleksion navi va paxtasining sanoat naviga koʻra) dastlabki vaznining 11—17% miqdorida, uzun tolali gʻoʻza chigitida esa 2,4—5,0% miqdorida kalta tolalar boʻladi. Paxta tozalash zavodlarida L. maxsus arrali linter (mo-miq ajratgich) mashinalarda ajratib olinadi va bu jarayon linterlash deb ataladi.

Oʻrta tolali gʻoʻza chigitlari 1 —2 marta linterlanadi va jami ajratilgan tola 3,8—6,3%ga boradi, uzun tolali gʻoʻza chigitlaridan 1 marta L. ajratib olinadi. 1997 yildan chigitdan 2 marta L. ajratish texnologiyasi qabul qilingan (birinchisida 2,7—4,2%, ikkinchisida 1,2—2,3% L. olinadi). L. shtapel uzunligiga koʻra, A (uz. 6–7 mm va undan ortiq), B (6–7 mm dan kam) tiplarga boʻlinadi. Yetilgan L.da 90% gacha sellyuloza, shuningdek, pektin, pektozanlar, moy-mumli, azotli moddalar va oqsillar boʻladi. Sellyuloza, sunʼiy tola, plastmassa, plyonka, lok, portlovchi modsalar va boshqa tayyorlash uchun ishlatiladi. Tabiiy xrlda undan notoʻ-qima mato, momiq, paxta, vatin va boshqa ishlab chikariladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil