Linogravyura

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Linogravyura {linoleum va gravyura) — linoleumga boʻrttirib ishlangan gravyura (ksilografiya usuliga oʻxshash). 20-asr boshlarida yuzaga keldi. Badiiy ifodaning aniqligi, tasvir bajarilayotgan materialning yumshoqligi tufayli oq va kora rangning keskin kontrastligiga, chiziqlarning aniq va ifodaliligiga erishilishi, tezkor ishlanish imkoniyati, katta hajmdagi qogʻozlardan foydalanish mumkinligi, tirajining koʻpligi kabi badiiy xususiyatlari bilan bosma grafikada keng oʻrin egalladi. Rangli bosmada koʻp qoʻllaniladi. Ksilografiyaga uslub jihatdan yaqin boʻlsa ham mustaqil rivojlandi. 20-asr oʻrtalarida bir necha L. maktablari shakllandi. Lotin Amerikasi ("Xalq grafikasi ustaxonasi", Meksika; "Gravyura doʻstlari klubi", Braziliya va boshqalar), AQSH, Fransiya, Daniya, Rossiyada keng taraqqiy etdi.

Oʻzbekistonda rassomlardan G. Chiganov, K. Basharov, A. Siglinsev, V. Parshin va boshqa birinchilardan boʻlib L.ga murojaat qildilar. Dastgoh rasmlari va kitob bezaklarida L. usulidan keng foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil