Kontent qismiga oʻtish

Lina Brockdorff

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Lina Brockdorff
Tavalludi 1930
Taʼlimi Malta universiteti
Kasbi Oʻqituvchi, dramaturg, yozuvchi
Unvoni Ġieħ l-Akkademja tal-Maltida Oltin medali
Otasi Sengleada Patrick
Onasi Mary Mahoney

Lina Brockdorff (1930-yilda tugʻilgan) – maltalik yozuvchi, dramaturg. Shuningdek, u turli radio eshittirishlar uchun yozuv matnlarini yozib bergan.

Lina Brockdorff 1930-yilda Sengleada Patrick va Mary Mahoney oilasida tugʻilgan[1]. Uning hayotidagi eng muhim oʻzgarishlar toʻqqiz yoshga toʻlganida, Ikkinchi Jahon urushi boshlanishi bilan sodir boʻlgan[2]. Uning oilasi urush davomida Vittoriosa, Sliema, Dingli va Rabat kabi turli joylarda yashab, bir necha bor koʻchib yurishga majbur boʻlishgan[1].

Urush boshlanishi bilan Lina Brockdorffning boshlangʻich taʼlimi toʻxtab qoladi, ammo urush tugagach, u otasining talabiga binoan maktabga qaytadi[2]. U tibbiyot sohasida faoliyat yuritmoqchi boʻladi, lekin oilasining uni Universitetda taʼlim olish uchun yuborishga imkoni yoʻq edi va uni xabardor qilmasdan oʻqituvchilik kursiga kiritishadi. U 1991-yilda ilohiyot boʻyicha bir yillik kirish kursida, soʻngra besh yillik bakalavr kursida taʼlim olgach, magistrlik taʼlimini keyinroq davom ettirishga ahd qiladi. Oxir-oqibat Lina Brockdorff 2002-yilda 72 yoshida ilohiyot va gumanitar fanlar boʻyicha magistrlik darajasini qoʻlga kiritadi[2].

Ish faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lina Brockdorffning oʻqituvchilik faoliyati shtatdagi boshlangʻich maktabda boshlangan, ammo u toʻrt nafar farzandini tarbiyalash uchun dars berishni toʻxtatgan. Bu vaqt ichida u oʻzining yozuvchilikka boʻlgan qiziqishiga eʼtibor qaratadi. Keyinchalik Lina Brockdorff oʻz faoliyatini Sent Aloysius kollejida ingliz tili oʻqituvchisi sifatida davom ettiradi[2]. U 2004–2005-yillarda L-Akkademja tal-Malti kengashi aʼzosi boʻlib ishlagan va doimiy akademiya aʼzosi sifatida qolgan[3]. Lina Brockdorff sakkiz yil davomida Għaqda Letterarja Maltija prezidenti lavozimida ham faoliyat olib borgan va Għaqda Poeti Maltin aʼzosi boʻlgan[4].

Yozuvchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lina Brockdorff 17 yoshida oʻqituvchilar kollejida oʻqiyotgan vaqtida oʻz yozuvchilik faoliyatini boshlagan, u yerda olim Ġuzè Aquilina oʻz shogirdlarini radio eshittirishlar uchun qisqa hikoyalar va insholar yozishga undagan[1]. Uning faoliyati keyingi oʻn yilliklar davomida juda samarali boʻlgan, 1950–1960-yillarda „Rediffusion“ da efirga uzatilgan bir nechta dasturlarni yozib bergan, jumladan Ħlieqa Bejnietna, Quddiem il-Mera, Nofs Siegħa Flimkien va Oshxonadagi sehr kabilar uning qalamiga mansub[3][5].

Lina Brockdorff bir nechta radio pyesalar, jumladan Il-Fqajjar tʼAssisi ni yozgan. Uning baʼzi asarlari Avstraliya radiosida ham efirga uzatilgan[5].

Faoliyati davomida u oltita antologiya, oʻn ikkita roman va 340 dan ortiq novella yozgan[3]. Lina Brockdorff, shuningdek, Ikkinchi Jahon urushidagi tajribasi haqida Sireni u Serenati (Sirenlar orasidagi serenadalar) nomli avtobiografik asarini yozgan[6]. Mazkur asar 2004-yilda Malta Milliy Kitob Kengashi tomonidan Badiiy boʻlmagan adabiyot yoʻnalishining Eng yaxshi roman nominatsiyasida mukofotga sazovor boʻlgan. Bundan tashqari, bu ijod mahsuli keyinchalik seriallashtirilgan va turli radiostansiyalarda efirga uzatilgan[7]. Lina Brockdorf Ġieħ l-Akkademja tal-Maltida Oltin medali bilan ham taqdirlangan[3][8].

  1. 1,0 1,1 1,2 „A first hand account of daily life in wartime Malta“ (en-gb). Times of Malta. Qaraldi: 2022-yil 5-mart.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „82-year-old insists: ‘It is never too late to study’“ (en-gb). Times of Malta. Qaraldi: 2022-yil 5-mart.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Lina Brockdorff honoured for contribution to Maltese literature“ (en-gb). Times of Malta. Qaraldi: 2022-yil 5-mart.
  4. „UPDATED: Lina Brockdorff awarded Ġieħ L-Akkademja tal-Malti Gold Medal 2020“ (en-GB). TVMnews.mt. Qaraldi: 2022-yil 5-mart.
  5. 5,0 5,1 „UPDATED: Lina Brockdorff awarded Ġieħ L-Akkademja tal-Malti Gold Medal 2020“ (en-GB). TVMnews.mt. Qaraldi: 2022-yil 5-mart.
  6. „The war years in Malta, as seen by a woman writer“ (en-gb). Times of Malta. Qaraldi: 2022-yil 5-mart.
  7. „Lina Brockdorff's WW2 autobiography now in English“. The Malta Independent (2016-yil 23-may). Qaraldi: 2022-yil 5-mart.
  8. „President reiterates importance of correct use of Maltese language“. The Malta Independent (2020-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 5-mart.