Lin Yi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lin Yi ( Chinese , 1999 yil 11 yanvarda tug'ilgan) - xitoylik aktyor va model.[1] U 2019-yilgi “Boshingizni yelkamga qo‘ying” romantik veb-dramasida suratga tushganidan so‘ng mashhurlikka erishdi, bu esa unga yanada mofaqiyat olip keldi.[2][3]

2015–2018: Karyera boshlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015 yilda Lin ning faoliyating birinchi yili edi. u rejesor tomonidan kashf etilgan va Tangren Media Co. Ltd bilan shartnoma imzolangan. 2016-yilda yozgi ta’til paytida u xorijga professional raqs va ijrochilik bo‘yicha tayorlanish uchun borgan.[4] 2017-yilda u "Salom, eski zamonlar" yoshlar ko'rik tanlovi dramasining kasting faoliyatida ishtirok etdi va bosh aktyor Lin Yang uchun tanlovdan o'tdi, ammo oxir-oqibat muvaffaqiyatsizlikka uchradi.[5]

2019 yildan hozirgi kungacha: Mashhurlik cho'qisida bormoqda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lin Yi va Xing Fei 2019-yil 20-may kuni Bangkokdagi muxlislar uchrashuvida

2019-yilda Lin Chjao Tsyansyanning shu nomli romani asosidagi “Boshingizni yelkamga qo‘ying” romantik komediya veb-dramasidagi Gu Veyi roli bilan e’tibor va mashhurlikka erisha boshladi.[6] Drama muvaffaqiyatli bo'ldi va Xitoyda va xorijda ( Tailanda ) mashhur bo'ldi. Lin o'zining Gu Veyi obrazi uchun ijobiy baholarga ega bo'ldi, bu uning mashhurligini oshirishga olib keldi.[7][8] 2019-yil 20-may kuni Lin Yi va bosh yulduz Xing Fei Tailandning Bangkok shahrida katta muxlislar uchrashuvini o‘tkazdilar, u yerda minglab muxlislar yig‘ildi.[9] Lin Harper's Bazaar Gonkong jurnalining may sonida paydo bo'ldi.[10]

2020-yil 1-oktyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 71 yilligiga bag‘ishlangan va ko‘plab san’atkorlar bilan birgalikda kuylangan “Mening Vatanim” qo‘shig‘i chiqdi.[11]

Ma'lumotnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Lin Yi“ (en). Rakuten Viki. Qaraldi: 2022-yil 12-fevral.
  2. {{Yangiliklar manbasi}} andozasidan foydalanishda title= parametri belgilanishi kerak.
  3. {{Yangiliklar manbasi}} andozasidan foydalanishda title= parametri belgilanishi kerak.
  4. {{Yangiliklar manbasi}} andozasidan foydalanishda title= parametri belgilanishi kerak.
  5. 新浪娱乐. „小小鲜肉初长成!林一18岁便成胡歌师弟“. ent.sina.com.cn (2017-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 12-fevral.
  6. {{Yangiliklar manbasi}} andozasidan foydalanishda title= parametri belgilanishi kerak.
  7. {{Yangiliklar manbasi}} andozasidan foydalanishda title= parametri belgilanishi kerak.
  8. {{Yangiliklar manbasi}} andozasidan foydalanishda title= parametri belgilanishi kerak.
  9. {{Yangiliklar manbasi}} andozasidan foydalanishda title= parametri belgilanishi kerak.
  10. {{Yangiliklar manbasi}} andozasidan foydalanishda title= parametri belgilanishi kerak.
  11. „我的祖国献礼版MV-中青在线“. m.cyol.com. Qaraldi: 2022-yil 12-fevral.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]