Lim Jae-beom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lim Jae-beom
koreyscha: 임재범
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 6-yanvar 1994-yil
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Leybl
Janr K-pop
Faoliyat yillari 2012 — hozirgacha
Veb-sayt https://www.cdnzarecords.com/jay-b-1

Lim Jae-beom[1] (koreyscha: 임재범, inglizcha: Lim Jae-beom; 1994-yil 6-yanvarda[2] tugʻilgan, JB va Jey B nomi bilan tanilgan) — janubiy koreyalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, prodyuser, raqqos va aktyor. U „GOT7“ oʻgʻil bolalar guruhining sardori, shuningdek „JJ Project“ va „Jus2“ duetlarining aʼzosi. 2012-yilda u "Dream High 2 „ dramasida aktyor sifatida debyut qilgan va bir yildan soʻng When a person falls in love" melodramasida kichik rollardan birini ijro etgan[3][4].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-2014: Yoshligi va faoliyatining boshlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lim Jae-beom 1994-yil 6-yanvarda Koreya Respublikasining Goyang shahrida tug‘ilgan. Bolalik va oʻsmirlik davrida Lim break dance bilan shugʻullangan. 2009-yilda „JYP Entertainment“ shirkatining ochiq tingloviga Jinyoung bilan birga borgan va ikkalasi ham tinglovdan muvaffaqiyatli o‘tib, birinchi o‘rinni egallagan, natijada agentlik bilan stajyor sifatida shartnoma imzolagan[5]. 2011-yilda JB taxallusi ostida, 2012-yil 16-yanvarda[6] efirga uzatilishi rejalashtirilgan 16 qismli „Dream High 2“ doramasida bosh rol uchun tinglovdan oʻtgan. 2012-yil may oyida JB va Jinyoung „Bounce“[7] mini albomi bilan „JJ Project“ doirasida duet sifatida debyut qilishdi. Ayni nomli „Bounce“ treki uchun klip 19-may kuni chiqarildi[8].

2015-yildan hozirgi kungacha: yakkaxon faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda „GOT7“ guruhi aʼzolari „Dream Knight“ dramasida oʻzlarining super qahramon obrazalrida rol ijro etgan[9]. 2017-yil 24-noyabrda JB Pohangda yuz bergan zilziladan aziyat chekkanlar uchun yordam berish fondiga 10 million von xayriya qilgani maʼlum bo‘lgan[10]. 2018-yilda Yugyeom bilan birgalikda amerikalik multimedia rassomi Ben Johns bilan „Perrier“ gazli mineral suv brendi uchun „Collaboran“ art loyihasida ishtirok etgan[11]. 2019-yil 5-martda JB „Got7“ning ikkinchi kichik guruhi „Jus2“da Yugyeom bilan „Focus“ mini albomining „Focus On Me“ bosh singli bilan debyut qildi[12].

Qoʻshiqnavislik va prodyuserlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

"JJ Project" va „GOT7“dagi faoliyati davomida JB koʻp hollarda qoʻshiqnavis, bastakorlar va/yoki prodyuser sifatida ham faoliyat yuritgan. Uning nomiga juda koʻp sonli qoʻshiqlar roʻyxatga olingan, jumladan „Bad Behavior (나쁜 짓)“, „Home Run“, „Q“, „Tomorrow, Today (내일, 오늘)“, „Prove It“, „On and On“ ", „Skyway“, „Shopping Mall“, „Teenager“, „You Are“, „Eclipse“, „Page“, „Look“ va boshqalar[13][14].

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Duetlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nom Yil Eng yuqori pozitsiya Sotuv Albom
KOR Gaon
[15]
"Just Because" 2016 12
  • KOR: 185,203
yoʻq
"Hush" 2017 99 Pop
"Celebrate" - - $UMMERTIME MIXTAPE[17]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teleseriallar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nomi Original nomi Rol
2012 s Orzusiga berilganlar 2 Dream High 2 Jang Woo Jae
2013 s Inson sevib qolganda When a Man Falls in Love So Mi Jun
2015 s Orzudagi ritsar Dream Knight O'zining rolida

Mukofotlar va nominatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1st KWEB Fest 2015[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Ishi Nominatsiya Natija
2015 Dream Knight Koʻtarilayotgan yulduz Nominatsiya

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „GOT7's JJ Project Returns After Five Years With Introspective 'Tomorrow, Today': Watch“. Billboard (2017-yil 31-iyul). 2018-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-iyul.
  2. „[스타캐스트 자기 소개 해볼까요?…'갓세븐', 자필로 쓴 '나'“]. Naver (2014-yil 28-yanvar). 2016-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-iyul.
  3. „‘Dream High 2′ reveals full cast in new poster“. DramaFever (2018-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 20-iyul.
  4. „Korean Drama ‘When A Man Falls In Love’ Premieres November 18“. Starmommeter (2013-yil 16-noyabr). 2018-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-iyul.
  5. „JJ프로젝트, 박진영·임재범 이름에 금테까지 둘렀다“. Donga (2012-yil 25-may). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-iyul.
  6. „'Dream High Season 2' To Begin“. Hancinema (2012-yil 19-yanvar). 2021-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-avgust.
  7. Kang Soo Jin. „Have You Got the Boys of Got7?“. Kpop Planet. Kyunghyang Shinmun. 2014-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-aprel.
  8. „JJ프로젝트 '바운스', 아이튠즈 10위 '성공적 데뷔 신고식'“. The Chosun Ilbo (2012-yil 21-may). 2015-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-dekabr.
  9. „GOT7’s Web Drama “Dream Knight” Surpasses 13 Million Views“. Soompi (2015-yil 5-fevral). 2018-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-iyul.
  10. Park, Se-yeon „갓세븐 JB, 예명 감추고 포항 지진성금 1천만원 기부“ (ko). News Nate (2017-yil 24-noyabr). 2017-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-yanvar.
  11. Jo, Eun-jung „갓세븐(GOT7) JB-유겸, 벤존스와 초특급 콜라보레이션 '콜라보란'“ (ko). entertain.naver.com (2018-yil 16-aprel). 2018-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-yanvar.
  12. Jin-li Jang. „갓세븐 JB&유겸, Jus2 출격 D-3...카리스마 칼군무 티저 공개“ (ko). Korea Daily (2019-yil 1-mart). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-mart.
  13. „GOT7's Best Songwriter?“. Amino (2017-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 24-iyul.
  14. „LIST OF GOT7 ALBUMS AND SONGS“. Channel Korea (2018-yil 28-yanvar). 2018-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-iyul.
  15. „Gaon Digital Chart“. Gaon Chart. Korea Music Content Industry Association (KMCIA). 2017-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-may.
  16. „Hush (see #69)“ (2017-yil 30-avgust). 2017-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  17. „조말론, 새 믹스테입 [$UMMERTIME MIXTAPE 발표“] (ko) (2017-yil 24-aprel). 2018-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-iyul.