Likvatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Likvatsiya (lot. liquatio — suyuqlanish, erish) — t-ra pasayganda bir jinsli suyuq magmaning bir-biriga aralashmaydigan turlicha tarkibli ikki eritmaga ajralish jarayoni. Ushbu hamirga oʻxshash suyuq magmaning kristallanishi natijasida tarkibi boʻyicha har xil mineral agregatlar (togʻ jinslari va rudalar) hosil boʻladi, mas, asosiy magmadan sulfidli eritma ajralishi L. natijasidir. Ayrim olimlar (Levinson-Lessing , Deli, Niggli va b.) L.ni magmaning kristallanishigacha boʻlgan differensia-siyasining asosiy usullaridan biri deb hisoblaydilar, boshqalar (Belyankin, Greyg , Fogt va b.) eksperimental maʼlumotlarga asoslanib likvatsi-yali konlarni hosil boʻlishiga olib keladigan bu jarayon fakat sulfid silikatli erigan krrishmalardagina boʻlishi mumkin deb fikr yuritadilar.

Silikatlar (ayniqsa, uchuvchi komponentlar — bor, suv, ftorga boy silikatlar)dagi L. hodisasini amerikalik (O.F.Tatl, J.Fridman) va rus geologlari (D.P.Grigoryev, O.A.Yesin, Ya.I.Olshanskiy va b.) tajribada aniqlashgan. Oʻzbekistondagi koʻpchilik togʻ jinslari va foydali qazilma konlari L. natijasida paydo boʻlganligi aniklangan. Amerikalik olim E. Rodderning (1969) fikricha, Gavayi o.dagi bazaltlar va Oydagi vulkan jinslarining paydo boʻlishida L. muhim rol oʻynagan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil