Kontent qismiga oʻtish

Lignin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lignin (lot lignum — daraxt, yogʻoch) — tabiiy murakkab polimer modda. Mol. m. 1000 dan 150000 gacha, zichligi 1250–1450 kg/m3. Tomirli oʻsimliklarning hujayralarida boʻladi. L. hujayra qobiqlarida toʻplanib hujayrani yogʻochlantiradi va uni mustahkam qiladi. Keng bargli daraxtlar tarkibida 20— 30%, igna bargli daraxtlar tarkibida 50% gacha L. bor. L. molekulasi aromatik spirtlarning polimerlanishida hosil boʻlgan moddalardan iborat. L. sariqjigarrang amorf modda, suv va organik erituvchilarda erimaydi. L. quyidagicha hosil boʻladi: shikim kislota - fenilalanin - dolchin kislota - ferul kislota - koniferil spirt - L. L. sellyuloza va gidroliz sanoatida chiqindi mahsulot hisoblanadi. Yoqilgʻi, donador faol koʻmir, gʻovak gʻisht, oʻgʻit, toʻldiruvchilar, mas, plastmassa ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil