Libos (teatr)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Libos, kostyum (ital. costume — odat) — teatrda — spektaklni bezashning muhim vositalaridan biri. Rej.ning umumiy gʻoyasi asosida yaratilayotgan sahna obrazini harakterlashda aktyorga kiydiriladigan kiyim, poyabzal, bosh kiyim, zeb-ziynat va boshqa L. tanlashda qahramonning harakteri, jamiyatda tutgan mavqei va yoshi oʻz ak-sini topadi, obrazning psixologik va ijtimoiy mohiyatini ochishda asosiy oʻrin tutadi. Grim va soch turmagi L.ni toʻldiradi. L. teatr rassomi ijodining mustaqil sohasi boʻlib, unda rassom oʻtkir ijtimoiy, tarixiy, satirik, grotesk, fojiaviy, ertak va boshqa obrazlar dunyosini tasvirlaydi. L. qad. marosim va oʻyinlarda, qad va oʻrta asr teatri, Sharq mumtoz tomoshalarida ham keng qoʻllanilgan. Teatr taraqqiyotining dastlabki koʻrinishlarida va keyinchalik L. shartli harakterda yoki oʻsha davrga mos zamonaviy kiyimni takrorlagan. Teatr L.i sohasidagi gʻoyalar J. Molyer, D. Garrik, M. Volter, M. Salle, E. Zolya, A. Antuan kabi sanʼatkorlar, Meyningen teatri faoliyatida namoyon boʻldi va rivojlandi. Oʻzbek teatrida L.Abdullayeva, T.Brim, N.Valdenberg , X..Ikromov, B.Kim, M.Musayev, T.Shorahimov, Sh.Shorahimov va boshqa mashhur L. ustalaridir.

Kinoda L. yaratishda yirik kurinishda beriladigan mayda detallarni tomoshabinga yetkazishda ssenariy hamda kinotasmaning oʻziga xos tomonlarini hisobga olish talab etiladi. L. orqali filmning janri, davr va yoʻnalishi aniklanadi. Film L.ini yaratishda rassomdan tarix ilmiga ega boʻlishi, ekran orqali tomoshabinga yetkaziladigan mazmun (ifodalilik)ga alohida eʼtibor berishi, ijodiy fantaziya va did, kiyim modelini tuzish sanʼatini mukammal egallashi va boshqa talab etiladi.

Mohina Ashirova.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil