Leyshmaniyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Leyshmaniyalar (Leishmania) — kinetoplastidlar turkumiga mansub xivchinlilar urugʻi. Uz. 2—4 mkm. Ayrim sut emizuvchilar (odam, itlar), sudralib yuruvchilar hujayralarining ichki paraziti. Teri va ichki organlar hujayralarini jarohatlab "yomon yara" (teri leyshmaniozi) va "kalaazar" (visseral leyshmanioz) deb ataladigan kasalliklarni paydo qiladi. Qon soʻruvchi iskaptoparlar orqali tarqaladi. Odam xujayrasida parazitlik kiladigan davrida (leyshmanial davri) xivchini boʻlmaydi, iskaptopar organizmida xivchini qaytadan tiklanadi (leptomonad davri). Odamda 3 turi: teri leyshmaniozini paydo qiladigan tropik L. (L.tropika), teri shilimshigʻini paydo kiladigan braziliya leyshmaniyasi (L.brasilien sis), visseral (ichki) leyshmaniozni paydo kiladigan Donovan Leyshmaniyalar (L.donovani) parazitlik qiladi. Tabiatda L. tarqalishining asosiy manbai yumronqoziqlar hisoblanadi. Oʻzbekistonning ayrim jan. hududlarida tropik L. "yomon yara" paydo qiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil