Lewis Morgan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lewis Morgan
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 30-sentyabr 1996-yil (1996-09-30) (27 yosh)[1]
Tavallud joyi Greenock, Shotlandiya[2]
Boʻyi 1.78 m[3]
Ampluasi Vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
New York Red Bulls
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—2013 Rangers
2013—2014 St Mirren
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2018 St Mirren 79 (16)
2018—2020 Celtic 14 (1)
2018St Mirren (ijara) 15 (5)
2019Sunderland (ijara) 17 (1)
2020—2021 Inter Miami 57 (7)
2022— New York Red Bulls 32 (14)
Milliy terma jamoa
2017—2018 Shotlandiya U21 9 (2)
2018 Shotlandiya 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(17-iyul uchun)

Lewis Morgan (talaffuzi: Lyuis Morgan; 1996-yil 30-sentabrda Shotlandiyada tugʻilgan) s hotlandiyalik futbolchi, „New York Red Bulls“ klubi va Shotlandiya terma jamoasi qanot himoyachisi hisoblanadi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lewis Morgan „Rangers“ va „St.Mirren“ futbol klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2014-yil 27-sentabrda u Shotlandiya premyer ligasida „Celtic“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan[4]. 2016-yilning 1-may kuni „Rangers“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Lewis Morgan „St.Mirren“ futbol klubi safidagi ilk golini urdi[5]. 2018-yil boshida Morgan „Celtic“ futbol klubi bilan 4,5 yillik shartnoma imzoladi, lekin yana olti oy „St.Mirren“ futbol klubida qoldi. U jamoa safida jami 14 ta gol urgan[6]. Sentabr oyida „Kilmarnock“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „Celtic“ futbol klubi safida debyut qildi. 2019-yilning 31-yanvarida Lewis Morgan mavsum oxirigacha Angliyaning 1-liga klubi „Sunderland“ futbol klubiga ijaraga berilgan[7].

2020-yil 31-yanvarda Morgan MLS ligasidagi yangi „Inter Miami“ futbol klubiga oʻtdi[8]. 1-mart kuni u 2020-yilgi mavsumning ochilish oʻyinida „Los-Angeles“ futbol klubiga qarshi oʻynadi, bu „Inter Miami“ futbol klubi va futbolchining MLSdagi debyutiga aylandi[9]. 9-sentabr kuni „Atlanta United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „Inter Miami“ futbol klubi safida gol urib, „dubl“ qayd etgan[10]. 2020-yilgi mavsum yakunida u klubning eng qimmat futbolchisi sifatida tan olindi. 2021-yilning 8-martida Lewis Morgan „Inter Miami“ futbol klubi bilan shartnomasini uzaytirgan[11].

2021-yil 12-dekabrda Morgan „New York Red Bulls“ futbol klubi tomonidan 1,2 million dollar evaziga sotib olingan[12]. U „New York Red Bulls“ safidagi debyutini 2022-yil 26-fevralda „San Jose Earthquakes“ futbol klubiga qarshi mavsumning ochilish oʻyinida oʻtkazdi va oʻyinda bitta golli uzatmani amalga oshirdi. 5-mart kuni „Toronto“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „New York Red Bulls“ futbol klubi safidagi ilk gollarini kiritib, „xet-trik“ qayd etdi[13].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 30-may kuni Peruga qarshi oʻtgan oʻrtoqlik uchrashuvida Lewis Morgan Shotlandiya terma jamoasi safida debyut qilgan[14].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
St Mirren 2014—2015[15] 8 0 0 0 0 0 0 0 8 0
2015—2016[16] 18 1 0 0 1 0 3 0 22 1
2016—2017[17] 33 6 4 2 4 1 5 1 46 10
2017—2018[18] 20 9 1 1 4 2 1 1 26 13
Jami 94 21 6 3 9 3 9 2 118 29
St Mirren (ijara) 2017—2018[18] 15 5 1 0 0 0 0 0 16 5
Celtic 2017—2018[18] 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2018—2019[19] 9 0 0 0 1 0 3 0 13 0
2019—2020[20] 5 0 0 0 3 0 10 2 18 2
Jami 14 0 0 0 4 0 13 2 31 2
Sunderland (ijara) 2018—2019[19] 17 1 0 0 0 0 5 1 22 2
Inter Miami CF 2020[21] 23 5 - - 1 0 24 5
2021[22] 34 2 - - - 34 2
Jami 57 7 - - 1 0 58 7
New York Red Bulls 2022[23] 32 14 4 3 1 1 0 0 37 18
Umumiy faoliyatida 214 43 10 6 14 4 28 5 266 58

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Lewis Morgan Profile“. Sky Sports News. Qaraldi: 2014-yil 5-noyabr.
  2. „St Mirren Profiles“. St Mirren F.C. Official Website. 2019-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-noyabr.
  3. mlssoccer „Lewis Morgan | MLSsoccer.com“ (en). mlssoccer. Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
  4. „Сент-Миррен VS. Селтик 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (27-sentabr 2014-yil). 12-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-dekabr 2018-yil.
  5. „Сент-Миррен VS. Рейнджерс 2:2“ (inglizcha). soccerway.com (1-may 2016-yil). 11-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-dekabr 2018-yil.
  6. „Delight as Lewis Morgan signs for Celtic“ (inglizcha). Official Celtic Football Club Website (5-yanvar 2018-yil). 15-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-dekabr 2021-yil.
  7. „Lewis Morgan: Sunderland sign Celtic winger on loan“ (inglizcha). BBC Sport (31-yanvar 2019-yil). 15-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-dekabr 2021-yil.
  8. „Inter Miami CF Signs Winger Lewis Morgan from Celtic FC“ (inglizcha). Inter Miami CF (31-yanvar 2020-yil). 2021-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-may 2021-yil.
  9. Michael Franca. „MATCH RECAP: Inter Miami CF Makes Historic MLS Debut, Loses 1-0 to Los Angeles FC“ (inglizcha). Inter Miami CF (1-mart 2020-yil). 2021-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-yanvar 2021-yil.
  10. Michael Franca. „MATCH RECAP: Inter Miami CF Defeats Atlanta United FC 2-1 at Home“ (inglizcha). Inter Miami CF (9-sentabr 2020-yil). 2021-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-may 2021-yil.
  11. Tom Bogert. „Inter Miami, winger Lewis Morgan agree to contract extension“ (inglizcha). MLSsoccer.com (8-mart 2021-yil). 2021-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-mart 2021-yil.
  12. „New York Red Bulls Acquire Scottish Winger Lewis Morgan From Inter Miami CF“ (inglizcha). New York Red Bulls (12-dekabr 2021-yil). 12-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-dekabr 2021-yil.
  13. „MATCH RECAP, pres. by Provident Bank: Lewis Morgan Hat Trick Powers RBNY to 4-1 Victory“ (inglizcha). New York Red Bulls (5-mart 2022-yil). 6-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-mart 2022-yil.
  14. „Перу VS. Шотландия 2:0“ (inglizcha). soccerway.com (30-may 2018-yil). 18-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-dekabr 2018-yil.
  15. „Games played by Lewis Morgan in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 13-noyabr 2017-yil.
  16. „Games played by Lewis Morgan in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 13-noyabr 2017-yil.
  17. „Games played by Lewis Morgan in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 13-noyabr 2017-yil.
  18. 18,0 18,1 18,2 „Games played by Lewis Morgan in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 13-noyabr 2017-yil.
  19. 19,0 19,1 „Games played by Lewis Morgan in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 5-yanvar 2021-yil.
  20. „Games played by Lewis Morgan in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 5-yanvar 2021-yil.
  21. „Games played by Lewis Morgan in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 5-yanvar 2021-yil.
  22. „Games played by Lewis Morgan in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 5-yanvar 2021-yil.
  23. „Games played by Lewis Morgan in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 30-iyun 2022-yil.