Levkipp

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Levkipp (Leukippos) (mil. av. 5-a.) — yunon faylasufi, antik atomistik taʼlimot asoschilaridan biri. Fanga mutlaq boʻshliq va bu boʻshliqda harakat qiladigan atomlar hamda mexanik zaruriyat tushunchalarini kiritgan. Uning fikricha, olamda barcha narsalar eng mayda, odsiy boʻlinmas zarralar - atomlar va boʻshliqdan tashkil topgan. Borlik, va yoʻkdik bir vaqtda mavjud, ularning ikkisi ham narsalarning kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin. Atomlar borliq sifatida mohiyatan zich va toʻla, ular boʻshliqda harakat qiladi. Boʻshliq borliq emas, ammo u ham borliq kabi mavjud. Atomlar xilma-xil, doimo harakatlanuvchi unsurlardan tashkil topgan boʻlib, cheksiz shakllarda namoyon boʻladi hamda doimo oʻzgarib, paydo boʻlib turadi. L.ning atomistik qarashlarini Demokrit davom ettirdi va rivojlantirdi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil