Lev Rovnin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lev Ivanovich Rovnin
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-noyabr 1928-yil
Termiz, SSSR
Vafoti 29-oktyabr 2014-yil (85 yosh)
Moskva, Rossiya
Siyosiy partiyasi KPSS
Taʼlim Saratov universiteti
Ilmiy unvoni geologiya-minerologiya fanlari nomzodi
Mukofotlari Sotsialistik Mehnat Qahramoni „Shon-sharaf“ ordeni (Rossiya) Mehnat Qizil Bayroq ordeni Mehnat Qizil Bayroq ordeni Lenin mukofoti RSFSRda xizmat koʻrsatgan geolog

Lev Ivanovich Rovnin (2-noyabr 1928-yil, Termiz29-oktyabr 2014-yil Moskva) — sovet neft geologi va davlat arbobi, RSFSR geologiya vaziri (1970—1987), RSFSRda xizmat qilgan geolog. Tyumen viloyatidagi eng yirik gaz konlarini ochish va qidirishdagi ulkan yutuqlari uchun Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1968-yil) unvoni bilan taqdirlangan.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1928-yil 2-noyabrda Oʻzbekiston SSRning Termizdatavallud topgan. 1951-yilda Saratov universitetining geologiya fakultetini tamomlagan. 1951—1953-yillarda Ievlevskaya burgʻulash partiyasi va Pokrovskaya neft qidiruvi kollektori, katta geologi lavozimida faoliyat olib borgan. 1953—1958-yillarda „Tyumenneftegeologiya“ trestining bosh geologi lavozimida faoliyat yuritgan. 1958—1966-yillarda bosh geolog, Tyumen geologiya boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari boʻlgan. U Yuriy Ervi bilan Surgut va Nijnevartovsk neft qidiruv ishlarini Novosibirsk geologiya boshqarmasidan turib topshirishga muvaffaq boʻldi. 1960-yilning qishida geofizik maʼlumotlar Megion koni atrofida koʻtarilganligini koʻrsatdi. 1961-yil mart oyida Megion koni topildi (Samotlor neft konining bir qismi).

1967—1970-yillarda u neft va gazni qidirish bosh boshqarmasi boshligʻi, RSFSR Geologiya vazirligi hayʼati aʼzosi boʻlib faoliyat olib borgan. 1970—1987-yillarda RSFSR geologiya vaziri lavozimiga tayinlangan. 1987—1992-yillarda RSFSR Oliy Kengashining maslahatchisi, bosh mutaxassisi, 1993-yildan „Rosshelf“ OAJ boshqaruvi raisining bosh mutaxassisi, maslahatchisi boʻlgan. I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining dengizda neft va gaz konlarini oʻzlashtirish kafedrasida dengiz geologiyasi fanidan talabalarga maʼruza oʻqib bergan. Lev Rovnin Butunrossiya faxriy geologlar tashkilotini tuzgan va unga rahbarlik qilgan. U 2014-yil 29-oktyabrda Moskvada vafot etdi va Kotlyakovskiy qabristoniga dafn qilindi.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Xotini (1951-yildan) — Lidiya Vasilyevna Rovnina (qizlik familiyasi Suyetnova; 1927-yil 14-noyabr, Perevesinka — 2010-yil 6-aprel, Moskva). Saratov universitetining biologiya fakultetini tamomlagan. Geologiya-mineralogiya fanlari doktori (1994-yil; dissertatsiya mavzusi — „Gʻarbiy Sibir mezozoyining neft va gaz konlarining palinologiyasi“). 40 yil davomida u Yonuvchan qazilmalarning geologiyasi va rivojlanishi institutida palinologik guruh rahbari, stratigrafiya va palinologiya sektori mudiri bo‘lgan.
  • Qizlari: Olga (1952-yilda tavallud topgan) va Natalya (1959-yilda tavallud topgan).

Lidiya Vasilyevna Rovninaning ukasi va singlisi — Suyetnova Klera Vasilyevna va Suyetnov, Vitaliy Vasilyevich ham oʻz hayotlarini geologiya bilan bogʻladilar. K. V. Suyetnova geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, noyob yerlar boʻyicha mutaxassis, "Nijnevoljskgeologiyasi"ning ixtisoslashtirilgan ommaviy qidiruvlar partiyasini boshqargan va nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. V. V. Suyetnov — geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi; Maxachqalʼadagi SSSR Fanlar akademiyasi Dogʻiston boʻlimining Geologiya institutini boshqargan.

Mukofotlar va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1964-yil — Gʻarbiy Sibir pasttekisligining neft va gaz salohiyati istiqbollarini ilmiy asoslash va Berezovskiy gazli mintaqani kashf etgani uchun Lenin mukofoti
  • 1964-yil — Lenin ordeni
  • 1968-yil — Sotsialistik Mehnat Qahramoni va Lenin ordeni
  • 1971-yil — Mehnat Qizil Bayroq ordeni
  • 1974-yil — Urengoy konining kashfiyotchisi
  • 1976-yil — Mehnat Qizil Bayroq ordeni
  • 1978-yil — RSFSRda xizmat koʻrsatgan geolog unvoni.

Tashkilotlarga aʼzolik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • KPSS Tyumen shahar qoʻmitasi aʼzosi.
  • Tyumen viloyat kasaba uyushmalari kengashi aʼzosi.

KPSS 24, 25, 26 va 27-syezdlari delegati aʼzosi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Xotirasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2017-yil — Tyumendagi koʻcha va maydonga Lev Ivanovich Rovnin nomi berildi[1].
  • 2019-yil — Moskvada 1988-2014-yillarda u yashagan uyga yodgorlik lavhasi oʻrnatildi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Людмила Шорохова. „Четырем новым улицам Тюмени присвоены названия“. 2017-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-mart.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]