Lev Popov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lev Nikolayevich Popov
Tavalludi 18-mart 1932-yil
Vafoti 8-oktyabr 2008-yil(2008-10-08)
(76 yoshda)
Moskva, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi arxitektor
Sohasi modernizm
Ish joylari Moskva, Praga, Toshkent, Boku, Novosibirsk
Taʼlimi Moskva arxitektura instituti
Mashhur ishlari Mustaqillik maydoni metro bekati[1]

Lev Nikolayevich Popov (1932-yil 18-mart – 2008-yil 8-oktyabr, Moskva, Rossiya) – sovet va rus arxitektori. Moskva, Novosibirsk, Praga, Boku va Toshkent metrolarining yerosti va yerusti inshootlari loyihachisi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lev Nikolayevich Popov 1932-yil 18-martda tugʻilgan. Lev Popov oʻrta maktabni tamomlagandan soʻng Moskva arxitektura institutiga oʻqishga kirgan va u yerni 1965-yilda tamomlagan. Mehnat faoliyatini Metrogiprotrans institutida boshlagan. U oʻtgan asrning 70-80-yillaridagi bir necha metro stansiyalari loyihalarining muallifi hisoblanadi. Lev Popov butun dunyoga Moskva metrosining meʼmori nomi bilan mashhur. Biroq, uni bir qancha avangard loyihalari uchun tez-tez tanqid qilishgan. Lev Popov buyuk sovet meʼmori Aleksey Nikolayevich Dushkin tomonidan ishlab chiqilgan meʼmorchilik tamoyillarini qayta koʻrib chiqish orqali oʻzining yangi ijodiy uslubini yaratgan[2].

Lev Nikolayevich Popov oʻn uchta Moskva metro stansiyalari loyihalarining hammuallifi hisoblanadi. Shuningdek, Boku (Ganjlik bekati, 1967) va Toshkent (Mustaqillik maydoni bekati, 1977) shaharlaridagi metro bekatlarini loyihalashda ham faol tarzda ishtirok etgan[3]. Lev Popovning soʻnggi loyihasi Dostoyevskaya metrosi boʻlib, 2010-yilda meʼmorning oʻlimidan keyin foydalanishga topshirilgangan[4].

Loyihalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moskva metro stansiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bekat Yoʻnalish Ishga tushgan yili Hammuallif
Chistye Prudy (qayta qurish) 1 1971-yil A.F.Fokina
Turgenevskaya 6 1971-yil A.F.Fokina
Polejaevskaya 7 1972-yil A.F.Fokina
Belyaevo 6 1974-yil V.G.Polikarpova, V.I.Klokov
Sxodnenskaya 7 1975-yil A.F.Fokina
Babushkinskaya 6 1978-yil V.I.Klokov
Ilyich maydoni 8 1979-yil V.I.Klokov
Naximovskiy prospekti 9 1983-yil V.S.Volovich, V.I.Klokov, G.S.Mun
Orexovo 2 1985-yil V.S.Volovich, G.S.Mun
Borovitskaya 9 1986-yil V.S.Volovich
Otradnoye 9 1990-yil V.S.Volovich
Rimskaya 10 1995-yil N.V.Rasstegnyaev
Dostoyevskaya 10 2010-yil N.V.Rasstegnyaev

Boshqa metropolitanlarning bekatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boku: „Ganjlik“ (hammuallif), 1967-yil.

Toshkent: „Mustaqillik maydoni bekati“, 1977-yil.

Novosibirsk: „Garin-Mixaylovskiy maydoni“, 1984-yil.

Praga: „Andel“, 1985-yil.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lev Nikolayevich Popov metro stansiyalarini loyihalash boʻyicha tanlovlarda ishtirok etgan. Ushbu tanlovlarda oʻz loyihalari uchun bir necha bor taqdirlangan:

  • Leningrad – bitta mukofot.
  • Moskva – ikkita mukofot.
  • Minsk – beshta mukofot.
  • Novosibirsk – bitta mukofot.
  • Dnepropetrovsk – bitta mukofot.
  • „Naximovskiy prospekt“ stansiyasi – Sovet arxitektorlari ittifoqining mukofoti.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ташкентское метро — хранилище советской эстетики - Хук!“. www.hook.report. Qaraldi: 24-oktabr 2023-yil.
  2. „Архитектор Лев Попов“. www.n-metro.ru. Qaraldi: 24-oktabr 2023-yil.
  3. „Попов, Лев Николаевич“. www.peoplelife.ru. Qaraldi: 24-oktabr 2023-yil.
  4. „МОЁ МЕТРО“ (PDF). МОЁ МЕТРО. № 3 (131). 2022. 13-bet. Qaraldi: 24–oktabr 2023–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()