Leto

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Leto — yunon mifologiyasida titanlar Kay va Febning qizi. U Zevsdan egizak Apollon va Artemidani tuqqan. Zevsning rashkchi xotini Gera tomonidan L. quvgʻin qilingan, unga yer yuzida har qanday boshpana berish taqiqlangan. U tugʻish vaqtida suzib yuruvchi Delos o.dan boshpana topadi. Rim mifologiyasidagi Latonaga toʻgʻri keladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil