Lessirovka
Lessirovka (nem. lasieren — sirlash, sir bilan qoplash) — rangtasvir asarini yakunlovchi nozik boʻyoq qatlami. Chala qurigan yoki qurigan qalin boʻyoqlar ustidan beriladi. Bu usul ranglar turlanishini oʻzgartirish, kuchaytirish, yengillatish, koloritni boyitish, ularning uygʻunligi va mutanosibligiga erishish maqsadlarida qoʻllaniladi. Ayniqsa, 16—19-asrlarda yaratilgan asarlar L. bilan tugallangan. Hozirgi davrda oʻzbek rassomlari (jumladan, Sh. Abdurashidov, M. Nuriddinov, A.Aliqulov. Sh. Qoʻziyeva va boshqalar) ijodida rangtasvir asarlari yaratish jarayo-nida qisman yoki toʻliq qoʻllaniladi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |