Lepton zaryad
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Lepton zaryad, lepton son — elementar zarralarni tavsiflovchi kvant sonlardan biri. Lepton zaryad leptonlar uchun noldan farqli, leptondan boshka barcha zarralar uchun nolga teng. Odatda, Lepton zaryad leptonlar uchun +1 ga, anti-leptonlar uchun —1 ga teng. Elementar zarralardan tashkil topgan zarralar sistemasining Lepton zaryadi sistemadagi barcha zarralar Lepton zaryadining algebraik yigʻindisiga teng. Lepton zaryad shu sistemadagi leptonlar bilan antileptonlar sonlari orasidagi farqni ifodalaydi. Leptonlar qatnashadigan hamma elektromagnit va kuchsiz oʻzaro taʼsir jarayonlarida Lepton zaryadning saqlanish qonuni amal qiladi: Lepton zaryad yigʻindisi jarayon boshlanguncha va boshlangandan keyin oʻzgarmay qoladi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |