Kontent qismiga oʻtish

Leon de Winter

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Leon de Winter
de Winter in 2013
2013 yil de Winter
Tug'ilgan yili va joyi 1954-yil 26 fevral (70 yosh) Den Bosch, Niderlandiya 
Ishi Yozuvchi
Millati Gollandiya
Asarlari turi Roman
Ma'lum asarlari Zooken naar Eileen (Eilleenni izlab)
Imzosi

Leon de Winter (1954- yil 24-fevral) - Gollandiyalik yozuvchi va jurnalist.

Bolalik hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Leon de Winter 1954-yil 24-fevralda Niderlandiyaning janubiy qismida joylashgan Den Bosch shahrida tug'ilgan. U yahudiy pravoslavga mansub oilada o'sgan va dastlab Den Bosch shahridagi Shahar grammatika maktabida o'qigan. O'qishni tugatgandan so'ng u Munchendagi kino akademiyasi va Amsterdamdagi Niderlandiya kino akademiyasi o'qishini davom ettirgan. Biroq, De Winter tomonidan Film akademiyasi tanqid qilindi va natijada u 1978-yilda film akademiyasini diplomsiz tark etgan..

Yozuvchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film akademiyasini tark etganidan so'ng, De Winter Junkieverdriet hamda De (ver) formulassiya van de jonge Dürer nomli ba'zi televideniye seriyalarini yaratdi. Ikkinchi kitob ham roman kabi yozilgan bo'lib, bu kitobda ishsiz bo'lgan, hayot bilan qanday shug'ullanishni bilmaydigan va asta-sekin, ammo to'g'ri yo'ldan qaytmaydigan bir yigit haqida hikoya qilinadi.

1982-yilgacha De Winter Vrij Nederland nomli hafta gazeta uchun sharhlar yozgan.

Uning birinchi muvaffaqiyatli romani Zoeken naar Eileen W. (1981-yil) hisoblanadi.Keyinchalik Rudolf van den Berg tomonidan film varianti yaratilgan. 1981-yilda De Winter Place de la Bastillesini ham yozgan.

1986-yilda "Kaplan" roman nashr etilgan. Ushbu romanda yozuvchi tug'ilish, sevgi va o'lim haqidagi haqiqatni izlayotgani romanning asosiy mazmunidir.

1990-yilda "Hoffman's honger" romani chop etildi. "Hoffman's honger" ya'ni Hoffmanning ochligi haqida adabiy thriller Pragada o'tkazilgan.

"Hoffman's honger" 1991-yilda "Supertex" romanidan keyin chiqdi.1992-yilda esa "De ruimte van Sokolov" romanining nashri chop etilgan. Hoffmanning "Hanger" singari, "De ruimte van Sokolov"ning adabiy trilleri bu safar Isroilda o'tkazilgan.

1995-yilda De Winter "Zionoco" nomli kitobni yozgan. Bu kitobda o'z ishonchini yo'qotgan va uni Yahudiylardan izlagan rabbi haqida hikoya qilingan. Shu yili uning "Serenada" kitobi "Boekenweekgeschenk" nomi bilan chop etilgan.

De Winterning eng so'nggi romanlaridan 1997-yilda nashr etilgani "De hemel van Hollywood" deya nomalanadi 2002- yilda nashr qilingani "God's Gym" va 2008-yilda nashr rtilgani esa "Het recht op terugkeer" deya nomalandi.

Ushbu asarlarning aksariyatida asosiy yo'nalishlarda ishtirokchilar Yahudiyning aslida kimligini topishga harakat qilishadi.. Bu tartibni tartibsiz hayotdan chiqarish uchun qilingan harakatlar, ko'rinishicha bo'sh va maqsadsiz hayotdan norozilik natijasidir deya hisoblashadi.

De Winter gazetada va jurnallarda siyosiy mavzulardagi maqolalar yozishlarga va televideniyada ko'rinishga ko'proq aralashib ketdi, shuningdek, ulardan eng tanilganlaridan ko'plab maqolalari mavzusi Isroilni qo'llab-quvvatlaydigan va "Islomning o'zlashtirilishi" ni qo'llab - quvvatlaydigan mavzudagilar hisoblanadi.

2007-yil 26-dekabr kuni de Winter bir nechta bloglar va jurnallarda u o'zining endilikda siyosiy mavzudagi maqolalar yozishini to'xtatishni va oilasi bilan Kaliforniyaga bir yillik dam olishni o'ylayotganini e'lon qildi. Keyinchalik u aytib o'tgan bir yil uch yilga aylandi va u uch yildan so'ng Gollandiyaga qaytdi va yana Gollandiya va nemis gazetalariga maqolalar yozishni boshladi.("Lieve mensen, ik ben uitgeput, ik stop ermee")

Biroq, u Gollandiyadagi gazetalarda shaxsiy fikrlari haqidagi maqolalarini nashr qilishni davom ettirdi, masalan, Geert Wildersga qarshi irqchilik sudiga,[1] Barak Obamaga qarshi tanqidlar [2], Yevropa ittifoqi , Yevropa valyutasini va Yevro mintaqasining a'zolariga moliyaviy yordamni nashr qildi[3]. 2020-yilning boshidan de Winter Black Lives Matterni qo'llab-quvvatlashni boshlagan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

De Winter Jessiqa Durlacher ismli ayol bilan turmush qurgan. Ularning Moos va Moon (Solomonica) ismli ikkita farzandi bor va hozirda ular Bloemendaal va Los-Anjeles shaharlarida istiqomat qiladilar.

Film rejissori sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

De Winter 1979-yildan 1993-yilgacha bo'lgan vaqt mobaynida uchta filmga, ya'ni De Verwording van Herman Dürer, De grens filmlariga rejissiorlik qilgan. Shuningdek, ulardan De grens nomli filmi 1984-yilda bo'lib o'tgan Kan Film Festivalining Un Certain Regard bo'limida namoyish etilgan[4].

Film adaptatsiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Zoeken naar Eileen, rejissyor Rudolf van den Berg (1987-yil, Zoeken naar Eileen V.romani asosida)
  • Gollivud belgisi, rejissyor Sx-Nke Vortmann (2001-yil, roman asosida de xemel van Gollivud romani asosida)
  • SuperTex, rejissyor Yan Shxotktte (2003-yil,Superteks romani asosida)

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2002-yilda <i id="mwfA">Welt</i>-Literaturpreis[5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Winter, Leon de. „Stop the Trial of Geert Wilders“ (en-US). Wall Street Journal (2010-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 6-mart.
  2. „Time for a new ally?“ (en-US). The Jerusalem Post | JPost.com. Qaraldi: 2021-yil 6-mart.
  3. SPIEGEL. „Essay: Zurück zur EWG“ (de). www.spiegel.de. Qaraldi: 2021-yil 6-mart.
  4. „Festival de Cannes: De grens“. festival-cannes.com. Qaraldi: 2009-yil 24-iyun.
  5. „Leon de Winter erhält WELT-Literaturpreis“ (German). Buch Markt (2002-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 11-noyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]