Leon (Meksika)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Leon — Meksikaning markaziy qismidagi shahar. Guanaxuato shtatida. Meksika togʻligining jan.da, 1800 m balandlikda joylashgan. Aholisi 760 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Avtomobil yoʻllari tuguni. Mamlakatning muhim koʻn-poyabzal sanoati va qishloq xoʻjaligi rayonining savdo markazi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari bor. Shuningdek, metallsozlik, kimyo va toʻqimachilik sanoati rivojlangan. L. yaqinidan rangli metall rudalari, oltin, kumush qazib olinadi. Shaharga 1576-yilda asos solingan. Tarixiy meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil