Lenin haykali Minsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

V. I. Lenin haykali — Minsk shahridagi Mustaqillik maydoni (1991-yilgacha — Lenin maydoni)dagi yodgorlik.

1933-yilda oʻrnatilgan yodgorlik 1941-yil iyun oyida fashistlar tomonidan vayron qilingan. Minsk ozod etilganidan soʻng, 1945-yilda qayta tiklangan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yodgorlik ilk bor 1933-yil 7-noyabrda inqilobning 16-yilligi munosabati bilan Minsk shahrining markaziy maydonida oʻrnatilgan. Unga Belorussiya SSR hukumat uyining barpo etilayotgan bino oldidan joy ajratilgan. Meʼmor I. G. Lengbard loyihasi gʻoyasiga koʻra, binoning asosiy kirish eshigi oldida yodgorlik oʻrnatilishi belgilangan.

Yodgorlik muallifi — haykaltarosh M. G. Manizerdir.

Minskdagi 7 metrlik Lenin haykali ochilgan vaqtda SSSRdagi eng yirik yodgorliklardan biri edi.

1941-yil iyul oyida, Minsk fashistlar tomonidan bosib olinganida, yodgorlik ular tomonidan vayron qilingan: arralanib, bronzasini eritish uchun Germaniyaga joʻnatilgan.

1944-yil 3-iyulda shahar fashist bosqinchilaridan ozod qilindi. Shundan keyin yodgorlikni tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Yodgorlik 1945-yil aprel oyida haykaltarosh Manizer ustaxonasida saqlangan modellarga koʻra, Leningraddagi „Monumentskulptura“ zavodida qayta ishlangan.

Haykal ikkinchi marta avvalgi joyida 1945-yil 1-may Tinchlik va mehnat bayrami kuniga oʻrnatilgan.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

V. I. Leninning 1920-yil 5-mayda nutqi

„Lenin minbarda“ obrazining asosini 1920-yil 5-mayda sodir boʻlgan haqiqiy voqea tashkil etadi. Oʻsha kuni V. I. LeninMoskvada Qizil Armiya boʻlinmalarini Sovet-Polsha urushiga joʻnatish chogʻida harbiylar oldida nutq qilgan. Ushbu urush natijasida Belorussiya Sovet Sotsialistik Respublikasi eʼlon qilingan.

Poydevor toʻrtta baland gorelyefdan iborat: „Oktabr inqilobi“, „Vatan himoyasi“, „Mamlakatni sanoatlashtirish“ va „Qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirish“.

V. I. Lenin nomi, barcha sovet kishilari uchun boʻlgani kabi respublikamiz mehnatkashlari uchun ham qadrli. Yillar oʻtdi, oʻn yilliklar ham. Belorus xalqida Il’ichga boʻlgan muhabbat saqlanib qoldi. Minskda dohiyga qurilgan yodgorlik umumxalq sevgisining namunasidir.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]