Lemurlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Lemurlar
Lemur catta 01.jpg
Katta család.jpg
Katta Lemur catta.jpg
RedRuffedLemur2.jpg
Indri Indri.jpg
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Lemurlar, chala maymunlar, makilar (Lemuroidae) — primatlar turkumiga mansub sut emizuvchilar kenja turkumi. Tanasining uz. 12—72 sm, juni kalin, yaltiroq. Tumshugʻi choʻziq, koʻzi va quloklari katta, koʻpchiligining dumi uzun. 2 juft sut bezlari, 9 taga yaqin hid bilish moʻylovi bor. Madagaskar L.ining kalla suyagi choʻziq, boshqa turlari (lorilar)da qisqa. Orqa oyoqlari oldingisidan uzun (ayniqsa, sakrovchi turlarida). Oyoq va qoʻl barmoqlari daraxt shoxlariga osilib yurishga moslashgan. Boʻgʻozlik davri 3— 5 oy. 1 ta bola tugʻadi. Lemursimonlar va lorisimonlar oilasiga boʻlinadi. Tunda faol, kunduzi daraxt kovaklarida yoki uyasida uxlaydi. L.Afrikaning tropik oʻrmonlari, Madagaskar oroli, Jan.-Gʻarbiy Osiyo, Shri Lanka va Zond o.larida keng tarqalgan. L. har xil mevalar, barglar, hasharotlar, qushlarning tuxumi va joʻjasi bilan oziklanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil