Legenda (xaritagrafiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Legendadan yoʻnaltirildi)
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Sample-national-park-service-pictographs.gif

Legenda (lotincha: Legenda — oʻqilishi kerak boʻlgan narsa), xaritagrafiyadaxarita mazmunini ochib beradigan barcha shartli belgilar va izohlar majmuasi. Legenda haritaga olingan obʼyektning mantiqiy asosini ifoda etadi. Belgilarning ketma-ket joylashtirilishi, ularning oʻzaro bir-biriga muvofiqligi, shtrixli elementlar uchun ranglar gammasini toʻgʻri tanlab olish haritada tasvirlanayotgan hodisa yoki jarayon tasnifiga mantiqan boʻysundirilgan boʻladi. Legenda asosiy harita bilan uning ramkalari orasidagi boʻsh qolgan joylarda va undan tashqarida maqsadga muvofiq joylashtiriladi. Geografik atlaslar va koʻp varaqli haritalarda Legenda alohida sahifada beriladi yoki risola holida ularga ilova qilinadi. Ad.: Salishev K. A., Kartografiya [3 izd.], M., 1990.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil