Lee Sorochan
Lee Sorochan | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
9-sentyabr 1975-yil Edmonton, Alberta, Kanada | ||
Boʻyi | 6 ft 0 in (183 cm) | ||
Ogʻirligi | 207 lb (94 kg; 14 st 11 lb) | ||
Pozitsiyasi | himoyachi | ||
Oʻynagan jamoalari |
Calgary Flames London Knights Jokerit Eisbären Berlin Belfast Giants | ||
NHLga kirish drafti |
34-oʻrindagi tanlov, 1993 New York Rangers | ||
Jamoalardagi faoliyat | 1995—2004 |
Lee Sorochan (talaffuzi: Li Sorochan) (1975-yil 9-sentyabrda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkey himoyachisi.
Oʻyin faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sorochan oʻzining dastlabki faoliyatini 1991-yilda WHLning „Lethbridge Hurricanes“ xokkey jamoasida boshladi[1]. 1992—1993-yilgi mavsumdan soʻng, Lee Sorochan „New York Rangers“ xokkey klubi safiga 1993-yilgi NHL kirish loyihasida 34-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. 1994—1995-yilgi mavsumning oʻrtalarida Lee Sorochan qanot himoyachilari Dmitiri Markovsky va Mark Szoke bilan birga „Saskatoon Blades“ xokkey klubiga vingerlar Kirby Law, Steve Roberts va himoyachi Mike O'Grady evaziga almashtirildi[2]. Lee Sorochan mavsumni „Saskatoon Blades“ xokkey klubi bilan yakunlaydi va keyinchalik professionalga aylanadi.
Lee Sorochan 1994—1995-yilgi WHL pley-off bosqichi yakuniga etganidan soʻng professional sifatida „New York Rangers“ xokkey klubining Amerika xokkey ligasi (AHL) boʻlimi boʻlgan „Binghamton Rangers“ xokkey jamoasida oʻynadi[3]. Lee Sorochan 1995—1996-yilgi mavsumda „Binghamton Rangers“ xokkey klubi safida harakat qildi. Ushbu mavsumda Lee Sorochan klub safida 45 oʻyin oʻtkazib, 10 ochko toʻpladi[4]. Keyinchalik, „New York Rangers“ xokkey klubi oʻz nomini „Hartford Wolf Pack“ deb oʻzgartirdi. Sorochan jamoada qoldi va 1997-1998-yilgi mavsumda klubda 73 oʻyinda 18 ochko jamgʻardi.
1999-yil 23-martda Sorochan himoyachi Chris O'Sullivan evaziga „Rangers“ klubi tomonidan „Calgary Flames“ xokkey klubiga almashtirildi. Lee Sorochan yangi klub safidagi ilk oʻyinini toʻrt kundan keyin „Phoenix Coyotes“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi.
Lee Sorochan 2002—2003-yilgi mavsumda Buyuk Britaniyaning „Belfast Giants“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Shimoliy Irlandiyadagi faoliyati davomida u 31 o‘yinda 16 ochko to‘pladi. Biroq keyinchalik, Lee Sorochan ko‘zidan jarohat oldi. Natijada u pley-off finalini o‘tkazib yubordi[5]. Bu finalda „Belfast Giants“ klubi „London Knights“ klubini 5:3 hisobida mag‘lub etdi. Lee Sorochan 2003—2004-yilgi mavsumda Shimoliy Amerikaga qaytib, ECHLning „Long Beach Ice Dogs“ jamoasi safida 63 oʻyin oʻtkazib, 21 ochko jamgʻardi. Keyinchalik Lee Sorochan professional xokkeydan nafaqaga chiqdi.
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining oltin medali (1995)
- Britaniya chempioni (2003)
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muntazam mavsum | Pley-off oʻyinlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | ||
1990—1991 | Sherwood Park Flyers Bantam AAA | AMBHL | 34 | 10 | 17 | 27 | 46 | — | — | — | — | — | ||
1991—1992 | Lethbridge Hurricanes | WHL | 67 | 2 | 9 | 11 | 155 | 5 | 0 | 2 | 2 | 6 | ||
1992—1993 | Lethbridge Hurricanes | WHL | 69 | 8 | 32 | 40 | 208 | 4 | 0 | 1 | 1 | 12 | ||
1993—1994 | Lethbridge Hurricanes | WHL | 46 | 5 | 27 | 32 | 123 | 9 | 4 | 3 | 7 | 16 | ||
1994—1995 | Lethbridge Hurricanes | WHL | 29 | 4 | 15 | 19 | 93 | — | — | — | — | — | ||
1994—1995 | Saskatoon Blades | WHL | 24 | 5 | 13 | 18 | 63 | 10 | 3 | 6 | 9 | 34 | ||
1994—1995 | Binghamton Rangers | AHL | — | — | — | — | — | 8 | 0 | 0 | 0 | 11 | ||
1995—1996 | Binghamton Rangers | AHL | 45 | 2 | 8 | 10 | 26 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
1996—1997 | Binghamton Rangers | AHL | 77 | 4 | 27 | 31 | 160 | 4 | 0 | 2 | 2 | 18 | ||
1997—1998 | Hartford Wolf Pack | AHL | 73 | 7 | 11 | 18 | 197 | 13 | 0 | 2 | 2 | 51 | ||
1998—1999 | Fort Wayne Komets | IHL | 45 | 0 | 10 | 10 | 204 | — | — | — | — | — | ||
1998—1999 | Hartford Wolf Pack | AHL | 16 | 0 | 2 | 2 | 33 | — | — | — | — | — | ||
1998—1999 | Calgary Flames | NHL | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | — | — | ||
1998—1999 | Saint John Flames | AHL | 3 | 1 | 3 | 4 | 4 | 7 | 3 | 3 | 6 | 29 | ||
1999—2000 | Calgary Flames | NHL | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | — | — | ||
1999—2000 | Saint John Flames | AHL | 60 | 4 | 37 | 41 | 124 | 3 | 2 | 1 | 3 | 12 | ||
2000—2001 | London Knights | BISL | 8 | 1 | 3 | 4 | 48 | — | — | — | — | — | ||
2000—2001 | Jokerit | Liiga | 16 | 0 | 0 | 0 | 18 | — | — | — | — | — | ||
2001—2002 | Eisbären Berlin | DEL | 48 | 0 | 6 | 6 | 88 | 4 | 0 | 2 | 2 | 18 | ||
2002—2003 | Belfast Giants | BISL | 31 | 2 | 12 | 14 | 99 | 12 | 1 | 2 | 3 | 49 | ||
2003—2004 | Long Beach Ice Dogs | ECHL | 63 | 3 | 18 | 21 | 137 | — | — | — | — | — | ||
NHL jami | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | — | — | ||||
AHL jami | 274 | 18 | 88 | 106 | 544 | 36 | 5 | 8 | 13 | 121 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Lee Sorochan“ (english). EliteProspects.com. Qaraldi: 2020-yil 24-iyul.
- ↑ „On Paper, Americans Looking Better“ (english). The Spokesman-Review (1995-yil 1-fevral). Qaraldi: 2020-yil 26-iyul.
- ↑ „Binghamton Rangers Parent Team affiliate history“ (english). HockeyDB. Qaraldi: 2020-yil 26-iyul.
- ↑ „Lee Sorochan“ (english). EliteProspects.com. Qaraldi: 2020-yil 24-iyul.„Lee Sorochan“. EliteProspects.com. Retrieved 24 July 2020.
- ↑ „Ice Hockey: Paul ferguson's Icebreakers“ (english). Belfast Telegraph (2008-yil 4-iyul). Qaraldi: 2020-yil 26-iyul.