Kontent qismiga oʻtish

Ledava

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ledava
Tavsif
Uzunligi 76
Davlat Avstriya, Sloveniya va Mojariston
Ledava

Ledava (nemischa: Limbach, veng.: Lendva) – Avstriyaning Shtiriya hududan oqib oʻtuvchi daryo. U Sloveniya shimoli-sharqidagi hududlardann oqadi.

Ledava – Goričkoning eng katta daryosi va Sloveniyadagi Murning eng yirik irmogʻi[1]. Uzunligi 80.2 kilometr (49.8 mi). U Avstriyada Lendva Bachdan chiqib, janubi-sharqqa tomon oqadi. Kugla tepaligi [de; zh] yaqinida Sloveniya hududiga kiradi, Prekmurjening eng baland choʻqqisida (418 metr (1,371 ft)) hosil boʻlgan suvlarni oʻziga qoʻshib olib, janubga tomon Ledava nomi bilan oqadi. Oʻz yoʻnalishining bu qismida u Goričkodagi yagona kanyonni paydo qiladi. Rogasovci munitsipalitetining Ropoča qishlogʻida u Ledava suv ombori [de; sl]ga borib quyiladi.

Bu hudud turli xil qush turlari, turli xil ninachilar va Sloveniyada eng yaxshi saqlanib qolgan qunduzlarning populyatsiyasi bilan ajralib turadi. Ledava koʻldan chiqadigan yagona oqimdir. Daryoning quyi oqimi Murska Sobota va Lendava orqali oqib oʻtadi. Bu qismda uning bir nechta (asosan chap) irmoqlari bor, ulardan eng kattasi Kerka va eng uzuni Kobilje daryosidir. Nihoyat, Muraszemenye yaqinidagi Xorvatiya – Vengriya -Sloveniya chegarasi yonida Mur daryosiga qoʻshiladi.

  • Ledava holati – soʻnggi 30 kundagi suv sathi, oqim va harorat maʼlumotlarining quyidagi tartibda grafiklari (ARSO tomonidan Chentibada olingan)