Le ivan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Le ivan (taxallusi, asl ismi — Ivan Leontyevich Moysya; 1895.9.3, Cherkass viloyati — 1948.9.10, Kiyev) — ukrain yozuvchisi. "Yuxim Kudrya" (1927), "Hayot oʻyini" (1928) qissa va hikoyalari, "Togʻ oraliqlari" (2 qism, 1929 — 34) roman-epopeyasi oʻzbek xalqining qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirishda chekkan zahmatlari, oktyabr toʻntarishidan keyingi ogʻir yillar haqida. "Integral" (1931) qissasi Donbass metallurglari hayotiga bagʻishlangan. "Quvonch tarixi" romani, "Muqaddas togʻlar" (1938), "Xatlarim" (1945) hikoyalar toʻplamlari, "Janubi — Gʻarb" (hamkorlikda, 1950) romani, "Jar yoqasida" (1958), "Zarang bargi" (1960) kabi asarlarida Ikkinchi jahon urushi yillarida xalq boshiga tushgan ogʻir fojialar, janggoxdagi kurash manzaralari aks ettirilgan. Tarixiy mavzudagi "Nalivayko" (1956), "Xmelnitskiy" (1965) romanlarida ukrain xalqining oʻtmishi, erk uchun kurashi tasvirlangan. Asarlari koʻplab tillarga, xususan, "Togʻ oraliqlari" romani oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1964).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil