Layel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Layel, Layell Charlz (1797.14.11, Kinnordi, Shotlandiya — 1875.22.2, London) — ingliz geologi, Oksford universitetini tugatgan (1819). 1836—37 va 1850—51 yillarda London geol. jamiyatining prezidenti. Uchlamchi davr yotqiziqlari stratigrafiyasini ishlab chiqqan, metamorfik va vulkanik jarayonlarni oʻrgangan. Togʻ jinslarini choʻkindi, vulkanik, plutonik va metamorfik jinslarga boʻlishni taklif qilgan. L.ning geol. asoslari bayoniga bagʻishlangan eng katta asari geol. fa-nining metodologiyasini ishlab chi-qishga va rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. L. katastrofizm (katastrofalar nazariyasi)ga keskin qarshi chiqdi. Geologik hodisalarni aktualizm pozitsiyasidan tushuntirdi. Dastlabki asarlarida oʻsimlik va hayvon turlarining oʻzgarmasligini himoya qilsa ham keyinroq evolyusion taraqqiyot tarafdori boʻldi. Eotsen, miotsen, pliotsen va pleystotsenlarni ajratdi. L.— Linney jamiyati aʼzosi (1819 yildan), Geol. jamiyati prezidenti (1835 yildan), Qirollik jamiyati aʼzosi (1826), Peterburg FA xorijiy aʼzosi (1871). L. sharafiga eng muhim geol. kashfiyotlar uchun har yili beriladigan medal taʼsis etilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil