Lavh
Jump to navigation
Jump to search
Lavh (arab. — taxta) — 1) maktabxonalarda talabalar savod chiqarish uchun ishlatgan yozuv taxtasi; 2) oʻqish vaqtida ustiga kitob, nota ochib qoʻyiladigan maxsus kursicha (taglik). Odatda, L. taxtadan ishlangan. Samarqandda Bibixonim masjidining hovlisida, Toshkentdagi Temuriylar davri tarixi davlat muzeyida marmardan ishlangan katta L. bor. L. ishlash anʼanalari oʻzbek xalq amaliy sanʼatining yogʻoch oʻymakorligida saqlanib qolgan. L.ning bugungi kundagi vazifasi oʻzgarib, u muzey ekspozitsiyasi, oʻzbek xalq amaliy sanʼatining esdalik sovgʻa namunasiga aylangan.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |