Lavanda
Lavanda (lotincha: Lavandula) — labguldoshlilar oilasiga mansub buta yoki doim yashil chala butalar turkumi, efir moyli ekin. Oʻrta Dengiz sohillarida 25 dan ortiq turi uchraydi. Asosan, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Vengriya, Moldova, Qrim, Rossiyaning Krasnodar oʻlkasida ensiz bargli L. (L. angustifolia) turi yetishtiriladi. L.ning yangi toʻpgulida 1,2 — 2,3% efir moyi mavjud. Parfyumeriya, oziq-ovqat sanoati, tibbiyotda qoʻllaniladi. L. yorugʻsevar, qurgʻoqchilikka chidamli, issiqsevar oʻsimlik, 30° sovuqqa chidaydi. Kalamchasidan koʻpaytiriladi. Ildizi 40—50 ta uzun ipsimon ildizchalardan iborat. Tuproqqa 2 m chuqur kirib boradi. Sershox, bir tupida 400—800 ta poya hosil qiladi. Mevasi qoʻshaloq, 4 ta yongʻoqchadan iborat, rangi sariq — jigarrang. Ekilgan koʻchatlardan 2-yildan boshlab 20—25 yilgacha hosil olinadi. Har 6—7 yilda lavandazorlar yoshartiriladi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |