Lauegramma
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Lauegramma — monokristallning rentgen nuridagi difraksion tasvi-rini qayd etish. 1912-yilda shu usulni taklif etgan M. Laue nomi bilan ataladi. L.ni birinchi marta nemis olimlari V. Fridrix va P. Knipping fotoplyonkada hosil qilgan. Laue usulida uzuluksiz spektrli rentgen nurlarining ingichka dastasi shu nurlar uchun difraksion panjara vazifasini bajaruvchi qoʻzgʻalmas monokristallga uzatiladi. Kristall hosil qilgan difraksion tasvir kristall ortiga joylashtirilgan fototasmada qayd qilinadi. Rasmda berilliy monokri-stallida olingan L. koʻrsatilgan. Monokristallning turli kristallogra-fik tekisliklarida joylashgan atomlardagi rentgen nuri difraksiyasi L.da maʼlum bir dogʻlarni hosil qiladi. L.dagi dogʻlarning soni va joylashishiga qarab, mas, kristallning simmetriyasi toʻgʻrisida xulosalar chiqariladi. L. usuli rentgen struktura analizida qoʻllanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |