Lashkargoh (qarorgoh)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lashkargoh, Lashkari - Bozor — Janubiy Afgʻonistonda joylashgan ulkan tarixiy-maʼmuriy majmua; gʻaznaviylar (10— 12-asrlar) va gʻuriylar (12-asr oʻrtasi — 13-asr boshi) sulolasi sultonlari qarorgohi. Arxeologik tadqiqotlar natijasida 12-asrga oid saroy va bogʻ-park inshootlari qoldikdari topilgan. Umumiy maydoni taxminan 164x95 m dan iborat. Majmua tarkibi L. jan. da joylashgan bosh saroy (toʻrt tomoni ayvon bilan oʻralgan hovli sahni; bir necha zal, yotoqxonalar, xizmat xonalari alohida guruh boʻlib joylashgan; devoriy rasmlar, bezak qilib terilgan gʻishtlar), shuningdek, L.ning markaziy va shim. qismida joylashgan 2 ta saroy, masjid, bogʻ koʻshklari, kaptarxona(kaptar minor), turar joy qoldiklaridan iborat.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil