Laqay shevasi va tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Laqay shevasi va tili. —Laqay shevasi va tili ushbu nomdagi millatga tegishli hisoblanadi. Nasriddin Nazarovning “Laqaylar: dialektologiya va frazeologiya” asarida laqay elati, ularning shevasi haqida ma’lumotlar berilgan. Unda laqay tilidagi so‘zlarning dialktologiyasi berilgan. Mazkur tadqiqotda laqay dialekti o‘zbek tilining qipchoq guruhiga mansub bo‘lib, elat leksikasida “je”lash faol o‘rin egallaganligi, shevada ishlatilingan ba’zi so‘zlar o‘zbek adabiy tilida ham aynan ushbu shaklda ishlatilmasligi hamda shevaning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinib, ayrim so‘zlar bugungi sharoitda elatning jonli so‘zlashuv tilidan chiqib ketayotganlig, kelajak avlod uchun ajdodlarning ma’naviy-madaniy yodgorliklarni o‘rganishga jazm etilganligi aytib o‘tilgan. Shuni ham ta’kidlash joizki ushbu so‘zlikdagi so‘zlar faqatgina laqaylarga xos bo‘lmasdan, ayrim so‘zlar laqaylar bilan yonma-yon yashayotgan o‘zbek millatining toz, qatag‘an, qo‘ng‘irot, marqa, semiz, kesemir va boshqa sheva va lahjalarda ham uchraydi. Laqay lingvistikasi ijtimoiy qirralarining boshqa jihatlari bilan bir qatorda ilmiy davralar tomonidan deyarli maqsadli ravishda o‘rganilmaganligi sababli bugungi kunda shevada uchraydigan uchraydigan so‘zlarning dialektal lug‘atini tuzish muhim hisobangan. Laqay shevasida uchraydigan so‘zlarni yig‘ish hamda ushbu so‘zlarni mumtoz so‘zliklar lug‘atlari bilan taqqoslash jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, qadimgi turkiy tillarda uchraydigan so‘zlar bugungi laqay shevasida ham faol qo‘llanilib, masalan “Devonu lug‘otit turk” da: ushik, ag‘il, ajriq, ayt, ayran, baqir, jangshatti, baldiz, boxcha, simir, talqan, tuynek, qoltiq so‘zlari mazmun va shakl jihatidan o‘zaro hamohangdir. Bunday hamohanglik laqaylar hozirgi kompakt yashayotgan hududlarda ilgaridan yashab, ijtimoiy- tarixiy jarayonlar rivojida atrofida yashayotgan turkiy tilli millatlar, o‘zbek millatini tarkibidagi ba’zi elatlar hamda tojik millati bilan o‘zaro birgalikda yaxshi qo‘shnichilik hamda o‘zaro do‘stlik va birodarlik asosida yashayotganligi hamda bunday hamjihatlik natijasida o‘zaro madaniy va ma’naviy qirralar aralashuvi yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Назаров Н. Лақайлар: диалектология ва фразеология. – Т., 2010