Lansana Conté

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

KONTE (Conte) Lansana (1930, Dubreka viloyatining Mussayya qishlogʻi) — Gvineya Respublikasi davlat arbobi. General. Kot-d’ Ivuar, Senegal, Gvineya, Fransiya harbiy oʻquv yurtlarida oʻqigan. 1955—58 yillarda Fransiya armiyasida, 1959 yildan Gvineya armiyasida xizmat qilgan. 1975 yildan quruklikdagi qoʻshinlar shtabi boshligʻi. 1984 yil 3 apreldagi davlat toʻntarishidan keyin Milliy tiklanish harbiy komitet raisi, 5 apreldan Gvineya Respublikasi prezidenta. 1984 yil dek.dan ayni vaqtda Gvineya hukumati boshligʻi va qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Andoza:Gvineya Prezidentari