Landshaftshunoslik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Landshaftshunoslik - tabiiy geografiyaning boʻlimi, turli darajadagi murakkab tabiat va tabiiy-antropogen geosistemani oʻrganadi. L.ning asosini geografik landshaft haqidagi taʼlimot tashkil qiladi. Barcha geografik majmualar — landshaft qobigʻi va geografik mintaqalardan tortib eng kichik, yaʼni landshaft, joy, mavzegacha boʻlgan majmualar L.ning tadqiqot obʼyektiga kiradi. Baʼzi tadqiqotchilar L.ni faqat landshaftni va uning tarkibiy qismlari boʻlgan joy, mavze, fatsiyalarni oʻrganadigan fan, deb hisoblaydilar. Ushbu fanning asosiy tadqiqot metodi — Yer yuzasida obʼyektiv mavjud boʻlgan landshaftlarni aniklash, ularni bevosita joyida ku-zatish, haritaga tushirish, har tomon-lama tavsiflab berishdan iboratdir. Landshaftlar taʼrifi miqdor va sifat koʻrsatkichlariga asoslanadi. L. aniqlagan qonuniyatlar tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga yordam beradi.

L. faniga Rossiyada V. V. Dokuchayev va uning maslakdoshlari L.S. Berg , G. N. Visotskiy, A. A. Grigoryev, S. V. Kalesnik, A. G. Isachenko, G. F. Morozovlar, nemis geografi 3. Passarge asos solgan. Ular tuproq zonalarini oʻrganib, landshaftlarning zonallik qonuniya-tini ishlab chikishgan. Oʻzbekistonda L. bilan 1960-yillardan shugʻullanila boshlandi.

L.da hozirgi vaqtda bir qancha ilmiy yoʻnalishlar shakllangan. Maye, landshaftlar geofizikasi, landshaftlar geokimyosi, antropogen L., amaliy L. va boshqa L. koʻp fanlar uchun umumiy metodologik yondoshuvlar, yaʼni tarixiy, sistemali yondoshuvlarga tayanadi. Kiyo-siy, matematik, haritagrafik, aero-kosmik, statsionar metodlardan foydalanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil