Landshaft geokimyosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Landshaft geokimyosi - 20-asr ning 40-yillarida tabiiy geografiya va geokimyo fanlari tutashgan chegarada vujudga kelgan ilmiy yoʻnalish. Kimyoviy elementlarning geografik landshaftlardagi migratsiyasi (qayta taqsimlanishi)ni geokimyo va biogeokimyo usullari bilan oʻrganadi. L.g.ga B. B. Polinov, V. I. Vernadskiy, A. Ye. Fersman, V. V. Dokuchayevlar asos solgan. B. B. Polinov birinchi boʻlib L.g. vazifasini aniqlab berdi, uni oʻrganish metodlarini ishlab chikdi.

Geokimyo nuqtai nazaridan landshaftlar yer yuzasining ayrim qismi boʻlib, ularda quyosh energiyasi taʼsirida atmosfera, gidrosfera va litosferadagi kimyoviy elementlarning migratsiyasi amalga oshadi.

L.g. atmosfera-oʻsimlik, oʻsimliktuproq, tuproq-suv, suv va jinslar, yaʼni landshaftlarning migratsiyasini tadqiq qiladi. L.g. maxsus landshaftlar geokimyosi haritalarida oʻz aksini topadi. Bunday haritalarda ruda konlari uchrashi mumkin. Masalan, oʻsimlik, tuproq, suv va togʻ jinslarining tarkibini geokimyoviy oʻrganish natijasida Armaniston, Janubiy Ural, Buryatiya va boshqa joylarda yangi konlar topildi. Oʻzbekiston hududida L.g.ni oʻrganish 1955—58 yillardan boshlandi. Bunda aso-siy yoʻnalish choʻl rayonlari oʻsimliklaridagi mikroelementlardan va bio-geokimyoviy usullardan ruda konlari qidirishda foydalanishga qaratilgan edi. Landshaftlar turining har birida kimyoviy elementlarning holati ularda mavjud boʻlgan tabiiy sharoitlar bilan belgilanadi. Oʻzbekiston hudu-di fizik-geografik va geologik xususiyatlarga koʻra, 2 yirik landshaft — tekislik (choʻl) va togʻli rayonlarga boʻlinadi.

I. H. Hamroboyev rahbarligida Qizilqum, Nurota va Qurama togʻlaridagi yer yuzasiga chiqmagan nodir va rangli metallarning oʻsha xutsuddagi oʻsimlik, tuproq va suv tarkibi bilan bogʻliqligi oʻrganildi. Muayyan konlardan darak beruvchi indikator oʻsimlik turlari aniqlanib, geokimyoviy maydonlar belgilanadi. Qurama togʻlarning ku-mush, qoʻrgʻoshin, rux konlaridagi oʻsimlik va suvda marganets, titan elementlarini yigʻuvchi bakteriyalarning ayrim turlari mavjudligi, oltin konlarida esa faqat titanni yigʻuvchi bakteriyalar borligi aniqlandi. Ruda konlarini qidirib topishda, atrof muhitni muhofaza qilish muammolarini hal qilish, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalardagi L.g.ning yangi usullaridan foydalanish juda muhimdir.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Predelman A. I., Geoximiya landshafta, M., 1975.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil