Lamantinlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lamantinlar, manatlar (Vanatidae) — sirenalar turkumiga mansub suvda yashovchi sut emizuvchilarning bir oilasi. Tanasining uz. 4 m, ogirligi 360 kg (uz. baʼzan 5 m, ogʻirligi 600 kg gacha boradi). Tanasi urchuqsimon; dum suzgichi gorizontal, yumaloq. Quloq suprasi va orqa oyogʻi yoʻq, oldingi oyoklari koʻkrak suzgichlariga aylangan. Yungi yoʻq. Tanasi och tusdan toʻq kul ranggacha. Oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Amerika L.i, afrika L.i, amazonka L.i turi bor. Gʻarbiy Afrikada, Markaziy va jan. Amerikada tarqalgan. Boʻgʻozlik davri 5—6 oy, 1 m keladigan bir bola tugʻadi, ogʻirligi 16—27 kg . 3—4 yoshida jinsiy yetiladi. Soni kamayib ketganligidan ovlash taqiqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil