Lallemansiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Lallemansiya, lyallemansiya (Lallemantia) — labguldoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, moyli ekin. Osiyoda 6 (Hindiston va Pokistonda 5) turi maʼlum. Dehqonchilikda L.ning iberiy (L.iberica) turi, asosan, Eron, Qrim, Shim. Kavkaz, Armanistonda ekiladi. L. issiklikka va namgarchilikka talabchan emas, qurgʻoqchilikka chidamli. Poyasi tik, sershox, boʻyi 20—90 sm. Bargi choʻziq, qarama-qarshi. Guli ikki jinsli, rangi oq, pushti yoki och binafsha, toʻpguli roʻvaksimon. Mevasi koʻsakcha. Urugʻi mayda, 1000 donasi 4—6 g , tarkibida 35— 38% tez quriydigan, asosan, lok-boʻyoq sanoatida va oziq-ovqatga ishlatiladigan moy bor. Kunjarasi mollarga beriladi. L. bahorda keng qatorlar (qator orasi 45 sm) ekiladi. Oʻsuvdavri 70—90 kun. Hosildorligi urugʻ boʻyicha 8—10 s/ga.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil