Lalitpur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lalitpur, Patan — Nepaldagi shahar, Katmandu vodiysida, Bagxmati daryosi boʻyida. Aholisi 100 ming kishidan ziyod. Hunarmandchilik rivojlangan. Gʻisht zavodi, bronza muzeyi bor. Diniy markaz. Shaharga miloddan avvalgi 3-asrda asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklardan Qirol saroyi (9— 17-asrlar), Budda ibodatxonalari va minorasimon ibodatxonalar (12~18-asrlar), "Oltin monastir" (12-asrda asos solingan) saqlangan. 1934 yilda zilziladan qattiq zarar koʻrgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil