Laktamlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Laktamlar (lakt...) — halqasida — S(O) — NR — (bu yerda R — N yoki organik radikal) guruhi boʻlgan aminokarbon kislotalarning ichki siklik amidlari; tautomer "enol" shakli laktim deyiladi. L. — kristallar; suvda va organik kislotalarda yaxshi eriydi; amfoter moddalar. Kimyoviy xossalari karbon kislotalar amidlariga oʻxshash, oson alkillanadi, atsillanadi, galogenlanadi. L., asosan, aminkarbon kislotalar yoki ularning hosilalarini siklizatsiyalab, shuningdek, galogenokarbon va oksikarbon kislotalarning amidlaridan olinadi. ye-kaprolaktamni polimerlab, polikaproamid hosil qilinadi (polikaproamiddan kapron tolasi tayyorlanadi). Koʻpchilik L. biologik faol moddalar; jumladan 3-L. laktam antibiotiklari tarkibiga kiradi; poli—N—vinilpirrolidonning suvdagi eritmasi tibbiyotda qon plazmasi sifatida qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil