Labiro'd (Buxoro)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

LABIRO Tumandagi aholi punkti nomi. Toponimning tarkibi quyidagicha: lab+i+ro'd. O'zbekiston toponimiyasida Shohro'd, Romitanro'd, Kalonro'd, Xushro'd kabi oykonimlar va gidronimlar uchraydi. Ushbu leksema jo'y - ariq so'ziga yaqin turadi va ro'dbar, ro'dxona shakllarida ham uchraydi va asosiy (magistral) kanaldan chiqarilgan ariq, tarmoq, kanal ma'nolarini anglatadi. Ro'd/rud leksemasi ba'zi manbalarda g'arbiy eroniy tillarga mansub deb hisoblanadi va fors-tojikcha, chod - "daryo", qadimiy forscha chatah - "daryo" ma'nolarini anglatishi qayd qilingan. Demak, Labiro'd - "ariq bo'yida joylashgan qishloq " ma'nosini beradi.