Labirintit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Labirintit — ichki quloq — labirintning yalligʻlanishi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizm yoki toksin ichki quloqqa qaysi yoʻl bilan oʻtganligiga qarab timpanogen (oʻrta quloqdan), meningogen (miya qobigʻidan) va gematogen L.ga ajratiladi. Kasallik oʻtkir va surunkali, serroz va yiringli, nekrozli turlarga boʻlinadi; yalligʻlanish jarayoni cheklangan yoki tarqoq boʻlishi ham mumkin. L.da bosh aylanishi, ogʻrishi, qusish, quloq shangʻillashi, muvozanat buzilishi, nistagm va boshqa kuzatiladi. Davo kasallikning kechishi va xiliga qarab buyuriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil